Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi (DTSJ) xodimlari uchun xalqaro seminar boʼlib oʼtdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi (DTSJ) xodimlari uchun xalqaro seminar boʼlib oʼtdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi (DTSJ) xodimlari uchun xalqaro seminar boʼlib oʼtdi

Poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida Qorakalpogʼiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand, Fargʼona viloyatlari va Toshkent shahri Sogʼliqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi (DTSJ) xodimlari uchun xalqaro seminar boʼlib oʼtdi.

Prezidentimizning tegishli qarorlariga koʼra, 2021 yilning 1 iyulidan 2022 yil oxirigacha Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari joriy etilmoqda.

Аyni vaqtda esa davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Qorakalpogʼiston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand, Fargʼona viloyatlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda. 2023 yilda ushbu hududlarning barcha shahar va tumanlarida davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari joriy etiladi.

Natijalar haqida «Sevimli»TVning «Zamon» dasturida DTSJ ijro etuvchi direktorining birinchi oʼrinbosari Z.Ermatov, xalqaro ekspert А.Katsaga soʼzlab berdi.