Xususan, Sirdaryo, Boyovut, Shirin hamda Yangier tumanlari tibbiyot birlashmalarida surunkali bemorlarni uzluksiz dorilar bilan ta’minlash jarayoni kuzatildi.
Shuningdek, shifokorlarning elektron retsept yozishi hamda dorixonalarda tarqatish tartibi o‘rganildi. Elektron retseptdagi dorilarni nafaqat davlat dorixonalarida, balki xususiy dorixonalarda ham tarqatish bo‘yicha qator tadbirkorlar bilan suhbatlar uyushtirildi.
O‘rganishlarda aniqlangan kamchilik va xatolar bo‘yicha kerakli tavsiya va yechimlar taklif etildi.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi Matbuot hizmati