Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ichki audit xizmatining markaziy apparatida 8 ta shtat birlikdan (shundan, 3 tasi hududiy filial bosh mutaxassislari) iborat mustaqil tuzilma sifatida tashkil etilgan boʻlib, 2024-yil 1-iyul holatiga 5 nafar ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan xodimlar faoliyat olib bormoqda.
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ichki audit xizmatining 2024-yillik rejasi 29 ta obyekti boʻlib, shundan 1-yarim yilligiga 14 tasi kiritilgan.
2024-yil 1-iyul holatiga 14 ta obyektda audit tadbirlari oʻtkazilib, oʻtkazilgan audit tadbirlarida 4 272,5 mln.soʻmlik xato-kamchiliklar aniqlanib, audit tadbiri yakuni bilan rahbariyatga hisobot kiritilib, Davlat auditi dasturiy kompleksiga oʻrnatilgan tartibda kiritildi va 1-yarim yillik reja toʻliq bajarilishi taʼminlandi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyat Prokuraturasining topshirigʻiga asosan 3 ta tashkilotda rejadan tashqari oʻtkazilgan audit tadbirida 316,5 mln soʻmlik moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlandi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199 sonli qaroriga boʻyicha 17 ta tibbiyot muassasasida oʻtkazilgan masofaviy oʻrganishlarda 1 916,9 mln soʻmlik ortiqcha toʻlovlar amalga oshirilishi oldi olindi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari tomonidan shoshilinch tarzda davolangan bemorlarga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar hisobotlari taxlil qilinganda, koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar hisobotlaridan 497,2 mln.soʻmlik ortiqcha toʻlovlarni oldi olinishiga erishildi.