Oilaviy shifokorga bemorni o‘z muassasasida davolash uchun qulaylik yaratish muhim. Ko‘pchilik sifatli davolanish faqat stansionar sharoitda mumkin deb hisoblaydi. Aslida esa aholi qatlamiga o‘z vaqtida ko‘rsatilgan ambulator xizmat yotib davolanishdan ko‘ra samaraliroq bo‘lishini tushuntiryapmiz.
Tibbiy brigadalarning faoliyatini yaxshilash kerak. Buning uchun hamshiralar qo‘shimcha o‘qitilishi lozim.
Oilaviy poliklinika shifokorlarining vakolatlarini kengaytirsak, aholi tor soha mutaxassislariga emas, ko‘proq oila shifokoriga murojaat qiladi.
Sirdaryo TVning “Tafsilot” ko‘rsatuvida xorijlik ekspertlar va Sirdaryodagi tibbiyot xodimlarining davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish borasidagi fikrlari va takliflari bilan tanishasiz.