Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Toshkentda noyob turdagi jarrohlik amaliyoti bepul oʻtkazildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Toshkentda noyob turdagi jarrohlik amaliyoti bepul oʻtkazildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Toshkentda noyob turdagi jarrohlik amaliyoti bepul oʻtkazildi

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan shartnoma tuzgan tibbiyot tashkilotida noyob turdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.

32 yoshli bemorning yuragida sunʼiy qon aylantirish sharoitida sunʼiy klapan va tomir protezlash amaliyoti oʻtkazildi. Unga aorta koronar nuqsoni tashxisi qoʻyilgan. Shifokorlarning taʼkidlashicha ushbu nuqson tugʻma yoki orttirilgan boʻlishi mumkin. Ushbu kasallikni davolash esa katta mablagʻ talab etadi.

– Bunday turdagi jarrohlik amaliyotlarining oʻrtacha narxi 70-80 mln soʻmni tashkil etadi, – deydi tibbiyot tashkiloti kardio-jarrohi Bekzod Qobuljonov. Oilaviy shifokor yoʻllanmasi bilan biz bemorni bepul davolaydigan boʻldik. Bunda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi barcha sarf xarajatlarni qoplab berdi.

Maʼlumot uchun, ushbu tibbiyot tashkilotida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi orqali 500 nafardan ziyod bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bepul oʻtkazildi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati