Bugun Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Ijro etuvchi direktori Zohid Ermatov Birlashgan millatlar tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) O‘zbekistondagi Doimiy vakili Nigina Abaszade bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi UNFPA Doimiy vakilining yordamchisi Matlyuba Umurzoqova, reproduktiv salomatlik bo‘yicha dasturiy mutaxassisi Nargiza Fuzailova hamda Jamg‘armaning xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Najmitdinova ham ishtirok etdilar.
Yig‘ilish doirasida Jamg‘arma va UNFPA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va ko‘lamini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati