Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Xalqaro ekspertning savollariga hamshiraning javoblari

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Xalqaro ekspertning savollariga hamshiraning javoblari
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Xalqaro ekspertning savollariga hamshiraning javoblari

22-24 fevral kunlari Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug’urtasi mexanizmlarini joriy etishga bag’ishlangan xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi.
Unda ishtirok etgan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari Guliston shahridagi 3-, 4- oilaviy poliklinikada, Yangier shahar tibbiyot birlashmasi va Boyovut tuman tibbiyot birlashmasida bo’lib, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.
Zilola Toshboeva 20 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko’rsatayotgan oilaviy poliknilikaning 6 brigadasida amaliyot hamshirasi bo’lib faoliyat yuritadi. Mazkur brigada Nurafshon mahallasining 2344 nafar aholisiga tibbiy xizmatlar ko’rsatmoqda.
Zilola JSSTning Qozog’istondagi vakolatxona vakili Arnoldas Yurgutis va Xose Tserezoning oila shifokori va brigadalar faoliyatiga tegishli savollariga batafsil javoblar qaytardi.
–Davlat tibbiy sug’urtasi tizimiga o’tganimizdan so’ng brigada shaklida ish boshladik, –deydi Z.Toshboeva.– Bunda eng avval aholining soni va yashash hududini o’zida aks ettirgan tibbiy xarita tuzdik. Uni bizga briktirilgan aholi va oilalar soni bilan boyitdik. Xatlov jarayonida aholining umumiy soni, oilalar, homilador ayollar, yangi tug’ilgan chaqaloqlarni hisobini aniqlab oldik. Hozirda homilador ayollar, yangi tuqqan ayollar, bir yoshgacha, besh yoshgacha bo’lgan bolalar, o’zgalar parvarishiga muhtoj aholini skrining qilish maqsadida tekshiruvlardan o’tkazmoqdamiz. Maqsad xavf guruhini aniqlash va kasalni rivojlanib ketishini oldini olish, kasalliklarni erta aniqlash orqali aholi salomatligini asrash.
-Sizlarda aholi to’rt guruhga ajratilgan ekan. Hozirda sizlar ko’proq qaysi guruh bilan ishlaysizlar?
-Biz birinchi guruhga-sog’lomlar, ikkinchisiga- havf omili aniqlangan, uchinchisiga- surunkali kasallar va to’rtinchi guruhga yotib qolgan, o’zgalar parvarishiga muhtojlarni kiritganmiz. Hozirda esa uchinchi guruh bilan ko’proq shug’ullanyapmiz. Maqsad ularni guruhlarini yaxshilash, ya’ni uchni ikkiga, ikkini birinchi guruhga o’tishini ta’minlash. Bu bilan aholini sog’lomlashtirishga ko’proq hissa qo’shishga erishamiz.
-Bugungi qabulga qaysi guruhdagilar ko’proq keldi?
-Ikkinchi guruh keldi bugun ko’proq.
-Bizni 4- guruh qiziqtiradi. Agar u kelsa, unga alohida o’ziga xos reja qilasizlarmi?
-Brigadamizda besh nafar tibbiyot xodimi ishlaydi. Patronaj bemorni kelshini ta’minlaydi, amaliyot hamshirasi va oilaviy shifokor tekshiruvlardan o’tkazadi. Tahlil natijalariga ko’ra davolash ishlarini belgilaymiz. Uyda yoki shifoxonada yotib davolanishi shunda aniq bo’ladi.
-Rejalarni oylik tuzasizlarmi yoki haftalik?
-Rejalar oylik tuziladi. Kasalik aniqlanganda bemorni oilaviy shifokor bilan maslahatlashib, uni tor doiradagi shifokorga ham yuborishimiz mumkin.
-Patronaj hamshirasi 4 guruhdagi bemorning uyiga borganda unga alohida reja tuzadimi?
-Oilaviy shifokorni ko’rsatmasi bilan bunday guruhdagi bemorni uyiga boriladi. Bunda hamshira EKG apparati, qon tahlili uchun labarotoriya uskunalarini olib borishi mumkin.
-Sizlarga bemorga ijtimoiy yordam berish ham o’rgatilganmi? Bu borada bemorga maslahat berasizlarmi?
– Agarda bemor ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lsa, tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan qo’shma qarorga ko’ra, bu haqida mahalla mas’ullariga yoki hokimiyatga ma’lum qilamiz.
-Hamshira tashxis qo’yadimi? Bunday holat bo’lgan bo’lsa, misol keltira olasizmi?
-Albatta. Masalan boshi og’rig’idan shikoyat qilib kelgan bemorga qon bosimi oshgan, deb tashxis qo’yishimiz mumkin. Misol uchun, Elmurodova Nazira 1954 yilda tug’ilgan. U ortiqcha vazinga ega, ishemik kasali, umurtqasida disk churrasi bor.
-Uni uchun nima qilgansizlar, hamshira tashxisni qo’ydingizmi?
-Bu ayolni 4 – havf guruhga kirtdik. O’zgalar parvarishiga muhtojligini hisobga olib, oilasidagilar qarab turishini tashkillashtirdik.
-Bularni hammasi to’g’ri. Qilayotgan ishlaringiz tahsinga loyiq. Faqat aniq bilmoqchiman, 4 -guruh uchun aniq reja ishlab chiqilganmi?

-Brigadada faoliyat yuritayotgan shifokor va hamshiralar o’tirib, birgalikda reja tuzamiz. 4- guruhga kiritilgan bemor uchun oilaviy shifokorni ko’rsatmasiga ko’ra ish tutamiz. Bemorni muammosini hal qilishga harakat qilamiz. To’g’ri, biz uni tuzata olmaymiz, lekin qisman yordam qilib, sog’lig’ini yaxshilashga harakat qilamiz.
-Sizlar shifokor tavsiyasiga ko’ra ish yuritishlaringizni ko’p ta’kidladingiz. Hamshiralar ham shifokorga maslahat beradimi? Siz bu ishni qilganmisiz biror marta bo’lsa ham?
-Bunday holatlar bo’lib turadi. Misol uchun, patronaj hamshirasi maqsadli ko’rikka borganda bemorni sog’liq bilan bog’liq biror muammosini sezib qolsa, shifokorga “ siz bir ko’rmasangiz bo’lmaydi”, deydi kelib. Vaziyatga qarab, shifokor hamshira bilan birga borib, uydagi ko’rikni tashkillashtiradi.
Hamshiraning biyron javoblaridan ko’ngli to’lgan xalqaro ekspertlar davlat tibbiy sug’urtasi mexanizmlarini joriy etilishi tibbiyot xodimlariga va aholiga juda ham foydali ekanini yana bir bor ta’kidladilar.
Matbuot xizmati.