Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sugʼurtasi bemor fuqarolarga qanday koʼmak bermoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi bemor fuqarolarga qanday koʼmak bermoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi bemor fuqarolarga qanday koʼmak bermoqda

Davlat tibbiy sugʼurtasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
Hammaga maʼlumki, Bugun Oʼzbekistonda xalqaro tajriba asosida davlat tibbiy sugʼurtasi tizimini bosqichma-bosqich joriy etilmoqda etishga kirishilgan. Birinchi bosqich tajriba-sinov tariqasida Sirdaryo viloyatida amalga oshirilmoqda Ikkinchi bosqich 2023 yilda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Fargʼona viloyatlari va Toshkent shahrida, uchinchi bosqich esa 2025 yildan yurtimizning barcha hududlariga joriy etiladi.
Joriy yilning iyulь oyida davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi faoliyatining 1 yillik natijalari tahlil qilindi va JSTT ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga juda yuqori baho berildi.
Bemorlar shifokor qabulida navbat kutib turmaydi
Farrux Sharipov, Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi ijro etuvchi direktori:

— Аvvalo, loyiha doirasida viloyatda yashovchi 852 mingdan ziyod aholining elektron reestri shakllantirildi. Bemorlar tashxisi, kasallik tarixi va oʼtkazilgan muolajalar holati toʼgʼrisidagi haqidagi barcha maʼlumotlar elektron bazada jamlanmoqda. Bu esa xastaliklarni erta aniqlash va oldini olish, bemorlarni oʼz vaqtida nazoratini olib borish, qolaversa, shifokorlar faoliyatini baholashda qoʼl kelyapti. Chunki elektron bazadan maʼlumotlar tez topiladi. Oldingi tashrif va tekshiruvlar natijalari bilan vrach bir necha daqiqa ichida toʼliq tanishishi mumkin. Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini joriy etish jarayonida birlamchi tibbiyot muassasalarida shifokoroldi koʼrik xonalari jahon standartlari asosida tashkil etildi. Shifokor oldi koʼrik xonasida amaliyotchi hamshiralar bemorni mustaqil tekshirib, yuqumli boʼlmagan (yurak-qon tomir, qandli diabet, nafas olish organlari) kasalliklar xavfini baholashi uchun dastlabki skriningdan oʼtkazadi. Shikoyatlarini qayd etadi va zarur hollarda oilaviy shifokor qabuliga yoʼnaltiradi.
Natijada bir bemorni koʼrish, tashxis qoʼyish, muolajalarni oʼtkazish uchun oilaviy shifokor avvalgidek oʼrtacha 5-6 daqiqa oʼrniga, 15-20 daqiqa vaqt ajratish imkoniyatiga ega boʼldi.
Surunkali kasallikka chalingan bemorlar elektron retsept asosida davlat hisobidan dori-darmon bilan taʼminlanadi
— Bu tizim aholini dori-darmon bilan taʼminlash, alohida surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan buyurilgan dorilar xarajatlarini maqsadli kompensatsiya qilishni koʼzda tutadi. Davolash standartlariga koʼra, dori qabul qilish har qanday kasallikni davolashning ajralmas qismidir. Biroq surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda uzluksiz muolaja qilish tizimi mukammal emas. Shu bois, aholining zarur dori-darmondan foydalanish imkoniyatini oshirish uchun reimbursatsiyani amaliyotga joriy etish zarurati yuzaga keldi.
Bu jarayonda asosan uch yoʼnalishdagi 5 ta kasallik — arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi, bronxial astma va oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklarigi qamrab olingan. Mazkur tizimning yoʼlga qoʼyilgani surunkali kasallik bilan ogʼrigan bemorlarni dori-darmon bilan uzluksiz taʼminlash imkoniyatini beradi. Bemor elektron retsept asosida dorini oʼziga qulay vaqtda olishi mumkin. Buning uchun surunkali kasallik bilan dispanser nazoratida turgan bemorlar oʼz oilaviy shifokoriga murojaat qiladi.
10-xalqaro kasalliklar tasnifiga koʼra, aniq tashxis qoʼyilgach, elektron tibbiy kartaga maʼlumotlar kiritiladi va elektron retsept shakllantiriladi. Oʼsha zahoti bemorning mobilь telefoniga xabar keladi. Zarurat tugʼilganda (bemorning talabiga koʼra), shifokor elektron retseptni bemorga qogʼoz shaklida taqdim etishi mumkin. Shifokordan e Elektron retsept yozilgandan keyin ni olgan bemor Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi bilan shartnoma tuzgan dorixonaga dori olish uchun murojaat qiladi. Reimbursatsiyada ishtirok etayotgan dorixona bemorga dori-darmonni elektron retsept asosida bepul beradi. Bunda berilgan dori boʼyicha dorixonalar sarf-xarajatini Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi qoplab beradi.
“Oʼzbekistonda davlat tibbiy sugʼurtasini joriy etish uchun ilgʼor model tanlangan”
Kristofer Fitspatrik, JSST Oʼzbekiston boʼyicha maslahatchisi:
— Oʼzbekiston aholi salomatligini saqlashning sifatli modelini joriy etmoqda. Bu rivojlangan davlatlarda sinovdan muvaffaqiyatli oʼtgan ilgʼor tajribadir. Biz jarayonlarni bevosita kuzatib boryapmiz va ekspert sifatida aytishim mumkinki, kasallikka chalingan insonnni ning uyiga bepul dori-darmon bilan uzluksiz taʼminlash, kasallikni asoratlarini kamaytiradi hamda urini uzaytirishga yordam beradi. yetkazib berish unga imkon qadar tezroq yordam koʼrsatilishiga xizmat qiladi.
Oʼzbekistonda ilk bor davlat tibbiy sugʼurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida hayotga tatbiq etish, bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida shifoxonalarni birlashtirish, ularning negizida tibbiyot klasterini tashkil etish, u yerda ilm-fan va amaliyotni uygʼunlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Sohada murakkab va yuqori texnologik amaliyotlar yoʼlga qoʼyilyapti. Bu borada ham xalqaro tajribadan kelib chiqib tavsiya va maslahatlar berish, ushbu murakkab jarayonlarning amaliyotga tezroq tatbiq etilishiga koʼmaklashishga doim tayyormiz.
Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari doirasida surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga koʼproq eʼtibor berila boshlagani ham ibratli jihat. Vaholanki, ilgari ular roʼyxatga olinib, davolanish buyurilgan va kuzatuvga olingan. Davlat tibbiy sugʼurtasi tizimi asosida bemorlarga dorilarning bir qismi bepul berilmoqda. Dorixona esa poliklinikaning oʼzida joylashgan.

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi matbuot xizmati