Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi

Unda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini tajriba-sinov tariqasida joriy etishda qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo‘yicha Davlat Rahbariga kiritilgan axborot xati yuzasidan belgilangan topshiriqlar bajarilishi zarurligi ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarida joylashgan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlari tibbiyot va boshqa hodimlarining shtat me’yorlari bo‘yicha muassasalarda samarasiz saqlanayotgan yoki bo‘sh turgan (vakant) lavozimlar o‘rniga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga 1 ta lavozim vrach reabilitolog va hamshirasi hamda 1 ta lavozim psixolog (tibbiy psixolog) lavozimlari kiritilishi tavsiya etildi.

Sirdaryo viloyati va respublikaning barcha hududlarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi matbuot xizmati