Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Hujjatlar

Me'yoriy hujjatlar

Sog‘liqni saqlash tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, birlamchi bo‘g‘inni kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, coha rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash, raqobat va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish maqsadida:

  1. Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash va quyidagi yangi boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
  2. a) sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev:

vazirlik tizimi va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ular ishini samarali tashkil etishini ta’minlaydi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar to‘liq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, mazkur tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

Batafsil:

Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, aholi salomatligini saqlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, jamoatchilik tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish yuzasidan bildirilgan takliflarni inobatga olib:

  1. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish uchun 2021-yil 1-iyuldan boshlab 10 mingta, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yana qo‘shimcha 10 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratilsin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev):

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari ehtiyojidan kelib chiqib, ularning yangilangan shtat normativlarini tasdiqlasin;

Batafsil:

Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:

  1. Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asosida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi o‘rinlarda — tajriba-sinov loyihasi) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
  2. Belgilab qo‘yilsinki, tajriba-sinov loyihasi doirasida:

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat terapiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan tashkil topgan guruhlar tuziladi;

har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi (keyingi o‘rinlarda — kafolatlangan paket) ishlab chiqiladi;

Batafsil:

  • Aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishda oshkoralik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida zamonaviy talablarga javob beradigan samarali xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish, order berish mexanizmini takomillashtirish va to‘liq raqamlashtirish maqsadida:
  • Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
  • a) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 1-ilovada ro‘yxati keltirilgan davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan muassasalar) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinadi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) joriy etiladi.
  • Belgilansinki, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga davolanishga yo‘llashda:
  • Batafsil:
  • Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi (keyingi o‘rinlarda-kafolatlangan paket) – aholiga O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatiladigan bepul tibbiy yordam.
  • Kafolatlangan paket birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda shifoxonalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga taqdim etiladi.
  • Kafolatlangan bepul tibbiy xizmat tibbiy xodimlar tomonidan klinik protokollarga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Batafsil:

O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2021  yil 25 maydagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks

rivojlantirishgadoir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida,,gi PQ-5124-son  qarori  ijrosini ta’minlash  hamda

Davlat tibbiy sug`urtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida hududlarda joriy etishni amalga oshirish bo‘yicha

YO’L XARITA

Batafsil:

2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalar davlat tomonidan tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida patogenetik dorilar, tibbiy va ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya texnik vositalari bilan kafolatli ta’minlanadi;
spinal mushak atrofiyasi kasalligi bo‘yicha xavf guruhidagi homilador ayollar Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlarida, shuningdek, ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida tashkil etilayotgan zamonaviy molekulyar-genetik Milliy referens laboratoriyasi va uning hududiy filiallarida dastlabki hamda kelgusida uni davolash strategiyasini belgilash maqsadida bepul diagnostikadan o‘tkaziladi. Bunda, homilador ayollar yashash joyi bo‘yicha ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi “Ayollar maslahatxonasi bo‘limi” yo‘llanmalari asosida yuboriladi.
2. 2022-yil 1-iyuldan boshlab spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega bo‘lgan oilalarning Yagona milliy registri (keyingi o‘rinda — Yagona milliy registr) yuritiladi va oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib chiqib shakllantirib boriladi.
Belgilansinki, Yagona milliy registr Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlarida o‘zaro elektron ma’lumot almashinuvi asosida yuritiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) 2022-yil 1-iyulga qadar:
a) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) bilan birgalikda Yagona milliy registrning dasturiy ta’minotini ishlab chiqsin.
Bunda, spinal mushak atrofiyasi klinik alomatlariga ega bo‘lgan bolalar, ularning klinik tashxislari, klinik tashxisning molekulyar-genetik usullar bilan tasdiqlangan xulosalari, oila a’zolarining gen tashuvchiligi tasdiqlanganlar hamda ushbu kasallik bilan tug‘ilishning oldini olishga qaratilgan choralar bo‘yicha ma’lumotlar elektron bazasi yuritiladi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Yagona milliy registrning samarali yuritilishi uchun Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan kompyuter texnikasi va Internet aloqasi bilan ta’minlasin;
v) Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlari xodimlarida Yagona milliy registrning dasturiy ta’minotida ishlash ko‘nikmasini hosil qilishi maqsadida o‘quv-amaliy kurslarni tashkil qilsin.
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-iyuldan boshlab nikohlanuvchi shaxslar o‘z hisobidan Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlariga tashrif buyurish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida molekulyar-genetik testdan o‘tkaziladi.
Bunda, spinal mushak atrofiyasining gen tashuvchiligi tasdiqlangan nikohlanuvchi shaxslarning ma’lumotlari Yagona milliy registrga kiritib boriladi.
4. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Adliya vazirligi (R. Davletov), Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar nikohlanuvchi shaxslarni molekulyar-genetik testdan hamda homilador ayollardan molekulyar-genetik diagnostika uchun olingan biomaterialni laborator tekshiruvdan o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni davolash, ularning muolajalarini kuzatib borish maqsadida shifokorlar konsiliumlarini tashkil etish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi guruh tuziladi.
5. 2022-yil 1-maydan boshlab spinal mushak atrofiyasi kasalligi tashxisi tasdiqlangan bemor bolalar uchun:
U.K. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida respirator qo‘llab-quvvatlash talab etilmagan davolanuvchi bolalarning reabilitatsiyasi uchun mavjud o‘rinlar soni doirasida 10 ta statsionar o‘rin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida multidissiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, xirurg) tekshiruv va davolash (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini to‘g‘rilash) jarayoni tashkil etilsin.
6. Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni davolash uchun mablag‘larni jamlash, shu jumladan xayriya va homiylik mablag‘larini jalb qilish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini (keyingi o‘rinda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni dori vositalari bilan davolash, tibbiy, reabilitatsion, palliativ, shu jumladan yuqori texnologik ixtisoslashgan amaliyot tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (E. Basitxanova) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘arma faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ysin.
7. Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarning patogenetik terapiyasi uchun zarur dori vositalarining xaridi Davlat budjeti hamda Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda, ushbu maqsadlar uchun 2022-yilda Davlat budjeti hisobidan qo‘shimcha 85 milliard so‘m hamda Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 30 milliard so‘m ajratiladi.
8. Sog‘liqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov) ikki oy muddatda spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalarning patogenetik terapiyasi uchun zarur dori vositalari xaridini tashkil qilsin.
Bunda, dori vositalarini Respublika “Ona va bola skrining” markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlari tomonidan bemorlarga yetkazish tizimi joriy etiladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri (B. Musayev) dori vositalari xaridini tashkil qilish va ularning bemorlarga o‘z vaqtida, maqsadli va manzilli yetkazib berilishiga shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
9. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov):
bir oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur bo‘lgan reabilitatsiya texnik vositalari ro‘yxatini tuzsin. Bunda, maxsus trenajyorlar, vertikalizatorlar, ortopedik kreslo-kolyaskalar, korsetlar, tutor va ortezlar, pulsoksimetrlar, Ambu qopchalari, tibbiy aspiratorlar, BiPAP apparatlari, kislorod konsentratorlari, traxeostomolar, gastrostomalar va boshqa vositalar inobatga olinsin;
2022-yil 1-iyunga qadar spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan uy sharoitida davolanayotgan bemor bolalarni reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash va ularga mazkur vositalarni bepul ijaraga berish tizimini nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin.
12. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-aprel,
PQ-217-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni bilan reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash vazifasi belgilandi.

So‘nggi besh yil davomida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi, natijada onalar va go‘daklar o‘limining kamayishiga erishildi.

Shu bilan birga, olis hududlarda tibbiy yordamni maqsadli yo‘naltirish tizimini yuqori darajada tashkil etish, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning samaradorligini oshirish, ambulator yordamni yanada yaxshilash, shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiy genetika hamda zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish talab etilmoqda.

Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, 2022 yil 18 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar 2022-2026 yillarda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

a) sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish, shu jumladan:

sog‘lom farzand tug‘ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish;

bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish;

b) 2022-2026 yillarda onalar va bolalar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan ob’ektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

v) diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali hamda innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish hamda soha xodimlarining ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borish.

2. 2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:

quyidagilarni:

Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;

yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi;

2022 yil 1 maydan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar bo‘limi;

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi pediatriya postlari;

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, shu jumladan, orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qo‘yish bo‘yicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalarini tashkil etish;

Respublika perinatal markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023 yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining tadbirlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va hududlardagi barcha tug‘uruq komplekslarida tatbiq etish;

audioskrining tadbirlari natijalarini tahlil qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan elektron kuzatuv (trekingmarkazlarini jihozlash.

Belgilansinki:

a) Nukus shahridagi “Bolalar tibbiyot klasteri” Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali tashkil etiladi.

Bunda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi va Bolalar stomatologiya poliklinikasi “Bolalar tibbiyot klasteri” tarkibiga kiritilib, yagona boshqaruv yo‘lga qo‘yiladi;

“Bolalar tibbiyot klasteri” binosi 2023 yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi;

b) 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda 6 o‘rindan kam bo‘lmagan chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi qo‘shimcha shtat birliklari ajratish hisobidan tashkil etiladi;

v) tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahar oilaviy poliklinikalarida tashkil etiladigan bolalar bo‘limi mavjud shtat birliklari doirasida shakllantiriladi va unda pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha barcha tor soha mutaxassislari, maktab o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish uchun shifokor-pediatrlar, bolalar shifokor-ginekologi, tegishli o‘rta tibbiyot xodimlari, vaksinatsiya xonasi xodimlari, “tibbiyot brigadalari”dagi pediatriya hamshiralari faoliyat yuritadi;

g) shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kechayu kunduz faoliyat yuritadigan qo‘shimcha navbatchilik postlari tashkil etiladi.

4. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan bolalar hamda homilador va tug‘ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish uchun 2022 yil 1 iyuldan boshlab “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha 3 600 ta2023 yil 1 yanvardan boshlab yana qo‘shimcha 4 900 ta o‘rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratilsin.

5. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) Moliya vazirligi (T.Ishmetov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) bilan birgalikda ikki oy muddatda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tizimiga qo‘shilishi ko‘zda tutilgan yangi shtatlardan kelib chiqib, shtat me’yorlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ–4513-son qarori bilan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi (A.N. Aripov):

onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar hamda chora-tadbirlarning bajarilishini doimiy nazorat qilsin;

har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har bir viloyat, tuman (shahar) kesimida ma’lumot taqdim etib borsin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda «Reproduktiv salomatlik, onalik va bolalik masalalari bo‘yicha» respublika shtabi, 14 ta hududiy shtatlar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.

Hududlarda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat faoliyatini tizimli o‘rganish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ijrosini nazorat qilish shtabning asosiy vazifalari hisoblansin.

7. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hududida ilik ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022 yilda yangi maxsus amaliyot kompleksining binosini qurish va jihozlash uchun Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasidan zarur mablag‘ ajratilsin.

2022 yil 1 maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yilsin.

8. Moliya vazirligi ushbu qarorda ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun har yili Davlat byudjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.

9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.Vafayev) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) bilan birgalikda 2022-2025 yillar davomida 227 ta tug‘uruq kompleksi va 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni to‘liq ta’mirlash va jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘larini jalb qilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

11. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

       Prezidenti                                                                                                                       Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2022 yil 25 aprel

2022 yil 18 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda 2022 yil davomida mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev, A.Inoyatov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF–6110-son Farmoni bilan tasdiqlangan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish jadvaliga muvofiq 2022 yilda 136 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda 2023 yilda yana 140 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.

3. Belgilansinki:

oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan takliflariga muvofiq mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda tashkil qilinadi;

hududlarda oilaviy shifokor punktlari tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun 2023 yil 1 yanvardan boshlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi;

oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytiriladi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun 2022 yil 1 iyundan boshlab qo‘shimcha ustama haqi belgilanadi;

2022 yil 1 maydan boshlab birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan olis masofada joylashgan mahallalarda mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi;

aholining profilaktik tibbiy ko‘riklari, skrining dasturlar
va patronaj xizmati faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq va belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, boshqa tashkilotlarning ushbu jarayonga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

4. 2022 yil 1 iyuldan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi takomillashtirilsin. Bunda yangilangan “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:

olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalardagi shifokorlarga bo‘lgan talabni mahallalar kesimida aniqlash, shifokorlarni jalb etish va ehtiyojga ko‘ra kelgusida ularga uy-joy ajratish choralarini ko‘rsin.

Vazirlar Mahkamasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangilangan olis va chekka hududlar ro‘yxatini tasdiqlasin.

5. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilsin.

Belgilansinki:

yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlarga o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beriladi;

yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga o‘ziga biriktirilgan aholiga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali beriladi;

yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish tajribasi dastlab 2022 yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish talablari va uning faoliyatini moliyalashtirish tartibini tasdiqlasin hamda amaliyotga joriy qilsin.

6. Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmat turlarini pullik asosda tashkil etishga ruxsat berilsin.

Belgilansinki, pullik xizmatlardan kelib tushgan mablag‘larning 75 foizgacha bo‘lgan qismi tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

7. 2022 yil 1 avgustdan boshlab oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholash bo‘yicha yangi reyting tizimi joriy qilinsin. Bunda:

hududda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, infarkt, insult, qandli diabet, onkologiya kabi kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatkichlar asosiy mezonlar bo‘ladi;

har olti oyda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan tibbiyot xodimlari rag‘batlantiriladi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan tibbiyot muassasasi mukofot va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi;

ushbu tizim 2022 yilda Toshkent shahrining Olmazor tumanидаги 11 ta hamda Namangan viloyatining Uychi tumanидаги 12 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalarda, 2023 yildan boshlab bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda har bir hudud aholisining tibbiyot ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholash bo‘yicha yangi reyting tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin.

8. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida hisobot berish tartibi joriy qilinsin.

Belgilansinki:

tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlari mudirlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida;

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida;

viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari xalq deputatlari viloyat Kengashlarida hisobot beradi.

9. Sog‘liqni saqlash vazirligi (O.Fozilkarimov) 2022 yil 1 oktyabrga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi tibbiy jihozlarni xatlovdan o‘tkazsin.

Bunda:

nosoz tibbiy jihozlarni aniqlab, ularni soz holatga keltirish yoki yangisiga almashtirish uchun zarur mablag‘larni hisob-kitob qilish;

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan tibbiy jihozlar hisobini va nazoratini yuritish bo‘yicha elektron dastur (platforma)ni 2022 yilda Sirdaryo viloyatida tajriba tariqasida joriy etish hamda tajriba natijalari bo‘yicha 2023 yildan boshqa hududlarga bosqichma-bosqich tatbiq etish choralarini ko‘rsin.

Moliya vazirligi (T.Ishmetov) xatlov natijasidan kelib chiqib, tibbiy jihozlarni (fizioterapevtik, laborator, tekshiruv va boshqalar) soz holatga keltirish yoki yangilash uchun zarur mablag‘larni ajratish bo‘yicha taklif kiritsin.

10. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev):

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov) bilan birgalikda 2022 yil 1 noyabrga qadar davlat tomonidan aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar va beriladigan dori vositalari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi mobil ilovani yaratsin va amaliyotga joriy qilsin;

Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarining neyroxirurgiya bo‘limlari negizida yuridik maqomga ega bo‘lmagan hududlararo neyroxirurgik markazlarni tashkil etsin.

11. O‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) ikki oy muddatda “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning Davlat byudjeti hisobidan ajratilishini ta’minlasin.

13. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (F.Sharipov) bilan birgalikda har yili 1 000 nafargacha imtiyozga ega bo‘lmagan, uzoq yillar davomida davlat tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan bemor tibbiyot xodimlariga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev), Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (F.Sharipov) ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tibbiyot xodimlarini davolashga yuborish tartibini tasdiqlasin.

14. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Sh. Inoyatov, sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari O.R. Fozilkarimov, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori F.R. SharipovQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022 yil 1 noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

           Prezidenti                          Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2022 yil 25 aprel

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sog’liqni saqlash sohasi vakillari bilan «ochiq muloqoti»da belgilangan  vazifalar amalga oshirish chora-tadbirlar tog’risida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi

 2022-yil 24-martdagi 33 -sonli farmoyish

Respublika sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga malakali tibbiy yordam koʻrsatishda yillar davomida toʻplanib qolgan muammo va kamchiliklarni hal etish hamda tibbiyot sohasini kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish uchun mamlakatimiz tarixida ilk marotaba 2022-yil 18-mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan yangi formatdagi “Tibbiyotdagi islohotlar –
inson qadri uchun”
mavzusidagi “ochiq muloqoti” doirasida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari hamda keng jamoatchilikdan kelib tushgan 25 mingdan ortiq murojaatlarda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda “ochiq muloqot”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida:

  1. Quyidagi 7 ta yoʻnalishni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda – “yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

birlamchi tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning tarmogʻini kengaytirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;

tez tibbiy yordam tizimini rivojlantirish;

tibbiyot muassasalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar va dori vositalari bilan taʼminlash;

shifokorlik kasbining maqomi va nufuzini oshirish, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish;

tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, tibbiyot
va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fanini yanada rivojlantirish;

jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va toʻgʻri ovqatlanishni targʻib etish;

sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligini yanada oshirish.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir “yoʻl xaritasi” ijrosini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda – Ishchi guruhi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Quyidagilar Ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:

“yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni toʻliq hajmda amalga oshirish boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

“yoʻl xaritasi”da ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida va puxta tayyorlanishi
va kiritilishini taʼminlash;

“yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishga vazirlik va idoralar, ilmiy
va taʼlim muassasalari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, mahalliy hamda xorijiy ekspert
va maslahatchilar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish;

har oy yakuni bilan “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish holatini tanqidiy oʻrganib borish va natijalari boʻyicha muammolarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlash;

mazkur farmoyishda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

  1. Ishchi guruhi (L.N. Toʻychiyev):

bir hafta muddatda “yoʻl xaritasi”da belgilangan yoʻnalishlar doirasida manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlarini tashkil etib, ularning tarkibini tasdiqlasin;

“yoʻl xaritasi”da ishlab chiqilishi nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli tayyorlanishi va belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari ikki kun muddatda ishchi guruhlari tarkibiga oʻzlarining aʼzolari kiritilishi va samarali faoliyat yuritishini taʼminlasin.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.U. Umurzaqov, Sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Sh.A. Vafayev
    “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishga xalqaro tashkilotlar
    va mamlakatimiz ilmiy tashkilotlari ekspertlari hamda mutaxassislarini jalb etsin.
  2. Quyidagilarga:

sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayevga – “yoʻl xaritasi”da belgilangan barcha chora-tadbirlar, shu jumladan shifokorlik kasbining maqomi va nufuzini oshirish, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish, tez tibbiy yordam tizimini rivojlantirish, tibbiyot sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, tibbiy taʼlim muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish, sohada ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha tegishli bandlarning ijrosini samarali tashkil qilish;

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Sh. Inoyatovga – “yoʻl xaritasi”da birlamchi tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish
va ularning tarmogʻini kengaytirish, kasalliklarni profilaktika qilish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va toʻgʻri ovqatlanishni targʻib etishga doir chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil qilish;

sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari E.I. Basitxanovaga –
“yoʻl xaritasi”da reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil qilish;

sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari U.Yu. Sabirovga –
“yoʻl xaritasi”da ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish koʻlami
va sifatini oshirish, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan
chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil qilish;

 sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari O.R. Fazilkarimovga –
“yoʻl xaritasi”da davolash-profilaktika muassasalarini moliyalashtirish manbalarini va moliyaviy mustaqilligini kengaytirish, sogʻliqni saqlash tizimini yangi tartiblar asosida moliyalashtirishni joriy etish va raqamlashtirish orqali tizim samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni dori vositalari bilan taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil qilish;

vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga – “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni
oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.

  1. Ishchi guruhi (L.N. Toʻychiyev) bir oy muddatda sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqot” doirasida bildirilgan tashabbus
    va takliflarni amalga oshirish natijasida aholining kundalik hayotida
    va tibbiyot xodimlarining faoliyatida yuz bergan ijobiy oʻzgarishlarni yoritib borish yuzasidan media-reja tasdiqlasin.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari tasdiqlangan media-reja asosida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalari va Internet sahifalarida keng yoritib borsin.

  1. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev zimmasiga yuklansin.

“Yoʻl xaritasi” boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti   Sh. Mirziyoyev

ф_33_очиқ_мулоқот_бўйича_назорат_режа

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Sogʼliqni saqlash sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, jumladan, boshqaruvni takomillashtirish, sohani rivojlantirishning kelgusi istiqbollarini belgilash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va davlat mulki obʼektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish orqali sifatli tibbiy xizmatlar koʼrsatish koʼlamini kengaytirish maqsadida:

1. Аholining sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti (keyingi oʼrinlarda – Institut) etib qayta tashkil qilinsin.

2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli boʼlmagan kasalliklarga qarshi kurashish hamda oldini olish boʼyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining barqaror tibbiy madaniyatini shakllantirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

ilgʼor va maqbul xorijiy tajriba asosida sogʼliqni saqlash tizimi faoliyatining ustuvor yoʼnalishlari, oʼrta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish stsenariylari va strategiyalari boʼyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

tibbiy statistikani shakllantirish va yuritish, statistik koʼrsatkichlarni shakllantirishda xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish, tibbiyot sohasidagi statistik maʼlumotlarni yigʼish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash borasidagi ishlarni takomillashtirish.

Belgilansinki, 2024 yil 1 yanvardan Institut va uning hududiy boʼlinmalari xodimlari mehnatga haq toʼlash, moddiy ragʼbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʼra, tegishli ravishda, Sogʼliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqaruv organlari xodimlariga tenglashtiriladi.

3. Sogʼliqni saqlash vazirligi Institut bilan birgalikda ikki oy muddatda 2024-2026 yillarda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, toʼgʼri ovqatlanishni tizimli targʼib qilish va ommalashtirish dasturini ishlab chiqsin va unda, jumladan, quyidagilarni nazarda tutsin:

sogʼlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan yiliga 25 tagacha promo-roliklar, dastur va telekoʼrsatuvlar tayyorlash;

uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sogʼlom turmush tarzi asoslari boʼyicha har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuborish;

jurnalistlar va boshqa matbuot vakillari oʼrtasida har yili “Sogʼlom turmush tarzi boʼyicha yilning eng yaxshi targʼibotchisi” tanlovini oʼtkazish;

bozorlar, samolyot, poezd, avtobus, metro, supermarketlar va fuqarolar ommaviy yigʼiladigan boshqa joylarda sogʼlom turmush tarzi boʼyicha poliklar namoyish qilish, radiomaslahatlar taqdim qilish va bukletlar tarqatishni taʼminlash.

4. Sogʼliqni saqlash vazirligi xalqaro tashkilotlar va xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda 2023 yil yakuniga qadar ilgʼor xorijiy tajriba asosida quyidagilarga asosiy eʼtiborni qaratgan holda “Аholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqilishini taʼminlasin:

aholini maksimal qamrab olgan holda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini unga yanada yaqinlashtirish;

fuqarolarning sogʼlom turmush tarzini, sogʼlom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qoʼllab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targʼib qilish;

onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining bu boradagi ehtiyojlarini qondirish;

ixtisoslashgan tibbiy yordam koʼlamini kengaytirish;

sogʼliqni saqlash tizimini toʼliq raqamlashtirish, qogʼozbozlikka, asossiz byurokratiyaga va navbatlarga chek qoʼyish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish;

zamonaviy va samarali boshqaruv usullarini joriy qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;

kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish;

xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;

tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

farmatsevtika tarmogʼini samarali tartibga solish.

5. Quyidagilar Sogʼliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga oʼtkazilsin:

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi;

2024 yil 1 yanvardan Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi.

6. Belgilansinki:

mazkur Farmonning 5-bandida koʼrsatilgan muassasalar Sogʼliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda ular faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibini saqlab qolgan holda oʼtkaziladi;

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni toʼliq zimmasiga oladi;

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasining kuzatuv kengashi tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida tibbiy xizmat koʼrsatish uchun jalb qilinadigan yetkazib beruvchilar (davlat va nodavlat)ni, xarid qilinadigan tibbiy yordamlar hajmini mustaqil belgilaydi va oʼz byudjetini shakllantiradi;

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi 2027yil 1 yanvardan Sogʼliqni saqlash vazirligi tarkibidan chiqadi va mustaqil jamgʼarma sifatida faoliyat yuritadi;

Davlat byudjeti mablagʼlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tashxis qoʼyish va davolash boʼyicha tasdiqlangan standartlarga muvofiq tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi;

sogʼliqni saqlash vaziri va Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi ijrochi direktori 2026 yilning yakuniga qadar tibbiy sugʼurtaning respublika boʼylab toʼliq joriy etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

7. 2024 yil 1 yanvardan Sogʼliqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilarni birlashtirish orqali yuridik shaxs maqomiga ega boʼlmagan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʼarmasi (keyingi oʼrinlarda – Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi) tashkil etilsin:

Onkogematologik va davolash qiyin boʼlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʼlomlashtirishga koʼmaklashish jamgʼarmasi;

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʼarmasi;

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʼllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʼarmasi;

Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʼyilgan bemor bolalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi.

8. Quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan 350 milliard soʼm miqdoridagi mablagʼlar;

spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʼyilgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʼrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish xarajatlari uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʼlar;

iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʼllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish uchun Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan 50 milliard soʼm miqdoridagi mablagʼlar;

Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning boʼsh turgan binolari, koʼchmas mulk obʼektlari va yer uchastkalarini ommaviy savdolar (auktsion)da sotishdan tushadigan mablagʼlarning respublika byudjetiga oʼtkaziladigan 50 foizi;

Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning mol-mulkini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarning, Davlat mulki obʼektlaridan samarali foydalanish markazining operatsion xarajatlarini chegirib tashlagan holda, mahalliy byudjetlarga oʼtkaziladigan 100 foizi;

xalqaro moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik koʼmak mablagʼlari;

Gʼaznachilik xizmati qoʼmitasi tomonidan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasining vaqtincha boʼsh mablagʼlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

9. Belgilansinki, Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari quyidagilarga sarflanadi:

sogʼliqni saqlashni boshqarish organlari va Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar sotib olish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʼrsatish;

tibbiy asbob-uskunalar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari, dasturiy taʼminotlarni xarid qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish;

sogʼliqni saqlashni boshqarish organlari va Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining xodimlarinixorijda tayyorlash va qaytatayyorlash, shuningdek, oʼqitish, malaka oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bogʼliq xarajatlarni moliyalashtirish;

sogʼliqni saqlashni boshqarish organlari, shuningdek, Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish;

onkogematologik va davolash qiyin boʼlgan kasalliklar boʼyicha yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

mahalliy va xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish, sogʼliqni saqlash sohasidagi keng koʼlamli vazifalarni amalga oshirish maqsadida ekspertlik guruhi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish;

onkogematologik va davolash qiyin boʼlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam koʼrsatish uchun tegishli tibbiyot muassasalarini kapital va joriy taʼmirlash, qurish va rekonstruktsiyaqilish, ularga asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini xarid qilish;

Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʼyxat asosida ogʼir kasallikka chalingan yetim bolalarva ota-ona qaramogʼidanmahrum boʼlgan bolalarning respublikada amalga oshirilmaydigan jarrohlik amaliyotlarini xorijiy mamlakatlarda oʼtkazish bilan bogʼliq xarajatlarni qoplash;

onkogematologik va davolash qiyin boʼlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining yuqori texnologik tashxis va davolash-profilaktika xizmatlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash;

Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimi xodimlarini oʼqitish, qayta tayyorlash va stajirovkasini tashkil etish, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, Oʼzbekiston hududidan tashqarida oʼtkaziladigan konferentsiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini, xizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bogʼliq xarajatlarni qoplash;

oliy va oʼrta tibbiyot taʼlim muassasalarining iqtidorlitalabalariga maxsus stipendiyalar toʼlashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;

Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi va uning direktsiyasi, shuningdek, Institut va uning hududiy boʼlinmalari faoliyatini tashkil etish va qoʼllab-quvvatlash bilan bogʼliq xarajatlarni qoplash;

Sogʼliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan boshqa tadbirlarni hamda sogʼliqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish bilan bogʼliq xarajatlarni moliyalashtirish.

10. 2024 yil 1 yanvardan Sogʼliqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʼlmagan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi direktsiyasi tashkil etilsin.

11. Belgilansinki:

Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi mazkur Farmonda nazarda tutilgan birlashtirilayotgan jamgʼarmalarning barcha majburiyatlari va daromadlar manbalari boʼyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari uning kuzatuv kengashi qaroriga asosan qatʼiy ravishda ushbu Farmonda koʼrsatilgan yoʼnalishlarga sarflanadi;

Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasining joriy moliya yilida foydalanilmagan (oʼzlashtirilmagan) mablagʼlari keyingi moliya yiliga oʼtkaziladi.

12. Sogʼliqni saqlash vazirligi va Аdliya vazirligi bir oy muddatda Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi toʼgʼrisidagi nizomni hamda uning kuzatuv kengashi tarkibini tasdiqlasin.

Bunda, Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlarini sarflashning shaffof tartibini, uning daromadlari va xarajatlari toʼgʼrisida hisobdorlikni, shuningdek, faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash masalalarini nazarda tutish.

13. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʼzgartirishlar kiritilsin.

14. Sogʼliqni saqlash vazirligi Аdliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʼzgartish va qoʼshimchalar toʼgʼrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А.N.Аripov va Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash vaziri А.Sh.Inoyatov zimmasiga yuklansin.

 

Oʼzbekiston Respublikasi

           Prezidenti                                                                                                                                                                                  Sh.MIRZIYoEV

 

Toshkent shahri,

2023 yil 6 sentyabr

 

Hurmatli fuqarolar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 28 iyuldagi PQ-5199-sonli qarorining 3-ilovasida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimiga integratsiya qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Mazkur qarorining 3-ilovasida quyidagi imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni mas’ul vazirliklar tomonidan ro‘yxatlari shakllantirildi:

-Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan homilador ayollarning patologik holati, endokrin kasalliklar, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklar, tuberkulyoz kasalligi, 18 yoshga to‘lmagan bolalarning kasalliklari, onkologiya kasalliklari;

-Moliya vazirligi tomonidan chin yetimlar, yoshga oid pensiyaga chiqib ishlamaydigan shaxslar, 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari, Chernobil AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar;

-Mudofaа vazirligi tomonidan baynalmilalchi-jangchilar, chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18-27 yoshdagi) shaxslar;

-Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan bolalikdan nogironlar, I va II guruh nogironlari ro‘yxatlari.

Hurmatli fuqarolar, yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining tartib-tamoyillariga asosan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarning imtiyozli elektron yo‘llanmasi o‘z hududingizdagi oilaviy poliklinikadan boshlab shakllantiriladi va bemorlar imtiyozli elektron yo‘llanma asosida shifoxonaga davolanishga yotgunga qadar Sog‘liqni saqlash xodimlari mas’ul hisoblanadi (tuman (shahar), viloyat, respublika darajasidagi imtiyozli yo‘llanma uchun mas’ullar telefon raqamlari).

Hurmatli fuqarolar, ixtisoslashtirilgan muassasalarda imtiyozli yo‘llanma bilan davolanishda ko‘rsatilgan tibbiy yordam hajmi va sifati yuzasidan e’tirozlaringiz bo‘lsa quyidagi manzillarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan bog‘lanish uchun:

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 12-uy.

Ishonch telefoni:   +99899 353 93 54, +99894 353 93 54

Elektron pochta manzili:  info@tibbiysugurta.uz

Telegram kanal manzili:  @tibbiysugurta

Jamg‘arma sayti manzili:  dtsj.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori.

Hisobotlar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning dastlabki natijalari to‘g‘risida hisobotni e’lon qildi.
Unda qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatida amalga oshirilga ishlar kelajakda mamlakatning barcha aholi qatlamini sifatli tibbiy sug‘urta bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, qisqa davr mobaynida erishilgan yutuqlarga alohida urg‘u berildi.
Hisobotning to‘liq matni quyidagi ilovadan yuklab olishingiz mumkin.

JSST hisoboti

Hurmatli fuqaro

Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890 sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida kafolatlangan paketga kiritiladigan bepul tibbiy xizmatlar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan kelishilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Shuningdek, kafolatlangan paketga kiritilmagan tibbiy xizmatlar pullik asosda ko‘rsatilishi belgilandi.

Kafolatlangan paketga kiritilgan bepul tibbiy xizmat birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va shifoxonalarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga taqdim etiladi. Bunda oilaviy shifokor har bir muassasa turi bo‘yicha tibbiy xizmatlar hajmi va klinik protokollarga muvofiq tor soha shifokorlariga va zarur hollarda shifoxonalarga yo‘llanmalar beradi. Respublika darajasidagi shifoxonalarga yo‘llanmalar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Tibbiyot muassalariga oilaviy shifokor yo‘llanmasisiz tibbiy yordam uchun murojaat qilgan aholiga tibbiy xizmatlar pullik asosda ko‘rsatiladi.

Hurmatli fuqaro, yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining tartib-tamoyillariga tibbiyot muassasa xodimlari tomonidan rioya etilmagan hollarda      quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkent shahar Shayxontohur tumani A.Navoiy ko‘chasi 12-uy.

Ishonch telefoni: +99899 353 93 54

Elektron pochta manzili: health.ins.fund3@umail.uz

Telegram kanal manzili: @tibbiysugurta

Sayt manzili: www.tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash to‘g‘risida
MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-sonli qaroriga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilindi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi joriy qilindi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash xarajatlarini qoplash uchun 14 ta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va 52 ta viloyat darajasidagi shifoxonalar bilan 317,8 mlrd. so‘mga shartnomalar tuzildi.

Joriy yil 1-oktabr holatiga 37 720 nafar imtiyozga ega bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash uchun 217,6 mlrd. so‘m mablag‘lar moliyalashtirildi. Shundan:
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan 34 721 nafar bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarning 199,4 mlrd so‘mlik;
viloyat darajasidagi shifoxonalar tomonidan 2 999 nafar bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarning 18,2 mlrd so‘mlik xarajatlari qoplab berildi.

Shuningdek, yuqoridagi qarorga muvofiq nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifadagi bemorlarni davolash yo‘lga qo‘yildi. 2022-yilda ko‘z mikroxirurgiyasi va urologiya, kardiologiya, travmatologiya-ortopediya, akusherlik-ginekologiya, xirurgiya va neyroxirurgiya yo‘nalishlarida 27 ta xususiy klinikalar tomonidan 226 nafar bemorga ko‘rsatilgan 3,1 mlrd so‘mlik tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.