Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sug‘urtasi yoki sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi yoki sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi yoki sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli

Prezidentitmizning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq viloyatimizda davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tajriba-sinov loyihasi doirasida joriy qilindi. Buning uchun davlat budjetidan maqsadli mablag‘lar ajratildi. Hozirgi kunda viloyatimizda aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish borasidagi tizimli ishlar jadal olib borilmoqda.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi aholiga kafolatlangan paket doirasida bepul va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishdir.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari sirasiga:

─Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda shu sohada yagona davlat siyosatini joriy etishda tashkilotlararo hamkorlikni ta’minlash;

─ aholining barcha qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish;

─ tajriba — sinov loyihasi doirasida Davlat byudjetidan kafolatlangan paketni moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan mablag‘larni jamlash, boshkarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish;

─tajriba-sinov loyhasining natijalariga ko‘ra, Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini respublikaning boshqa xududlarida bosqichma — bosqich joriy etish bo‘yicha zarur chora — tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar kiradi.

Davlat tibbiy sug‘urtasining asosiy talablaridan biri bu aholini tibbiyot muassasiga biriktirish hisoblanadi. Viloyatimizda 1776 nafar tibbiyot xodimlaridan iborat 421 ta “Tibbiyot brigadalari“ tashkil etilgan bo‘lib, ular aholining 94,3 foizini xatlovdan o‘tkazib bo‘lishdi. Har bir brigadaga oila shifokori, amaliyot hamshirasi, doya va ikkita patronaj hamshirasi biriktirilgan. Pirovardida viloyatimizning 236 ta mahallasini to‘liq qamrab oldik.

“Mis uz” elektron dasturi orqali aholi har bir tibbiyot brigadasining umumiy amaliyot shifokoriga biriktirildi. Tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining birlamchi bo‘g‘in muassasalariga biriktirilgan aholi soniga qarab “jon boshiga” moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Aholi o‘zining biriktirilgan hududidagi tibbiyot muassasasiga (oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari ) murojaat qilganda, kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat va dori vositalari bilan bepul ta’minlanmokda.

Kafolatlangan paket doirasida oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda shifokor qabuli, konsultatsiyasi bilan birgalikda profilaktik tadbirlar, 12 turdagi instrumental diagnostik, 12 turdagi laborator tekshiruvlar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda 19 turdagi diagnostik hamda 16 turdagi laborator tekshiruvlar, tuman va shahar markaziy shifoxonalarida tibbiy xizmatlar turiga ko‘ra shoshilinch va tez tibbiy yordam, tug‘ruqqa ko‘maklashish, terapevtik, jarrohlik, pediatriya va yukumli kasalliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saklash vazirligi tomonidan tasdiqlangan diagnostika va davolash standartlari hamda klinik protokollari asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi talablar o‘z vaqtida bajarilsa, shifokorlar malakasini oshirish va bemorlarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishga erishiladi.

Dilorom ERGASHЕVA,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining Sirdaryo viloyati bo‘yicha bosh mutaxassisi.