Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Farg‘onalik ona farzandiga ikkinchi bor hayot baxsh etdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Farg‘onalik ona farzandiga ikkinchi bor hayot baxsh etdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Farg‘onalik ona farzandiga ikkinchi bor hayot baxsh etdi

Sheralijon Azimjonov, asli Farg‘onaning Furqat tumanidan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi sabab, dekabrdan buyon Guliston tibbiyot klasterining nefrologiya va gemodializ bo‘limida davo muolajalarini olib kelardi.

Ammo, ahvol yaxshi emas. Natija-chi, shunga yarasha. Faqatgina darddan qutilishning birdan bir yo‘li, buyrak transplantatsiya amaliyoti deya, shifokorlar  Sheraliga va uning yaqinlariga maslahat berishdi.

—Buyrak nima bo‘libdi, farzandim uchun borimni beraman deya, turmush o‘rtog‘im Oybek Rahmonov ham yelib-yugurdi, ammo uning qon guruhi to‘g‘ri kelmadi,—deydi Olmaxon Rahmonova.—Shundan keyin, men, o‘z qon guruhimni tekshirtirdim. Xullas bir qancha tekshiruvlardan so‘ng, buyragim, o‘g‘illimni buyragiga mos kelishini aytishdi. Bundan rosti, shunday sevindimku, uni hech bir so‘z bilan ifodalab, aytib bera olmayman.

Sherali Olmaxon va Oybekning ikkinchi farzandi. U endigina 24 ga kirdi. Kattasi va kichik farzandi ham o‘g‘il bo‘lib, tuy qilish, kelin tushirish orzusida yurishgan edi. «Barchasi yaratgandan» deydi Olmaxon. «Farzandimga dardini berdimi, endi shifosini ham beradi». Xuddi shunday bo‘ldi.

Buyrak transplantatsiyasi bilan bog‘liq, mazkur murakkab va  yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti, bugun  Guliston tibbiyot klasterning jarrohlik bo‘limida o‘tkazildi. Uni  V. Vohidov nomli respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi qon tomir va buyrak transplantatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi Azamat Suyumov hamda Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh transplantologi Sherzod Toshmamatovlar Guliston tibbiyot klasterining boshqa tibbiyot xodimlari ko‘magida muvaffaqiyatli bajarishdi.

Endigina, 47 bahorni qarshi olgan Olmaxonning tanasini bir bo‘lagi bo‘lgan buyrak, uning jigarbandi, farzandi Sherali tanasiga shifokorlar yordami bilan  ko‘chirib o‘tkazildi.

—Ota-ona uchun farzand salomatligidanda ortiqroq baxt bormi,—deydi Sheralini otasi Oybek Rahmonov. —2018 yildan buyon shu dard bilan olishamiz. Orzularimiz bor edi. Noiloj, taqdirdan qochib qutilib bo‘lmas ekan.Bugun Sirdaryolik va toshkentlik shifokorlar sabab shu darddan xolos bo‘ldik. Nasib qilsa endi to‘y, oldiniga kattasini, so‘ng Sherali va uni ukasini o‘ylash to‘g‘risida bosh qotirib turibman.

Quvonarli tomoni, barcha xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi. Bundan nafaqat Sheralini ota-onasi, yaqinlari ham birdek xursand.

Muhimi, onani va bolani salomatligi yaxshi. Yaqin kunlarda ular, butunlay oyoqqa turib, yurtimizda o‘tkazilayotgan muhim siyosiy tadbir, referendumda ishtirok etib, yurt rivoji, mamlakat kelajagi uchun ovoz beradi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuotxizmati.