Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Imtiyozli toifaga ega shaxslarga yordam ko‘rsatilmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Imtiyozli toifaga ega shaxslarga yordam ko‘rsatilmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Imtiyozli toifaga ega shaxslarga yordam ko‘rsatilmoqda

Viloyatdagi tibbiyot muassasalarida Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi byudjeti mablagʼlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga yordam koʼrsatib kelinmoqda.
Bu borada faoliyatimiz uchun Prezidentimizning 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʼliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʼrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 5199-sonli qarori asos boʼlib xizmat qilmoqda. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatda 2022-yilda Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi bilan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga yordam koʼrsatish maqsadida viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi 3 ta muassasa – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali, Viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazi, Viloyat bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markazi va “DOCTOR VISION” MChJ xususiy klinikasi bilan shartnoma imzolangan edi.

Bundan kelib chiqib, Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi byudjeti mablagʼlari hisobidan birgina Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida 1 milliard 400 million soʼm sarflangan holda 96 nafar imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarda murakkab yuqori texnologik amaliyotlar oʼtkazildi. Bemorlarning 52 nafarida ochiq usulda, yaʼni tugʼma va orttirilgan yurak nuqsonlari boʼyicha va 44 nafar bemorda yopiq – interventsion usulda murakkab yuqori texnologik amaliyotlar bajarildi.
Shuningdek, viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazida esa 600 million soʼm mablagʼ hisobiga 42 nafar imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarda murakkab yuqori texnologik amaliyotlar oʼtkazilib, jumladan, 26 nafar bemorda endoprotezlash amaliyoti amalga oshirildi.

Viloyat bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markazida 250 million soʼm mablagʼ hisobiga 28 nafar bemorda murakkab yuqori texnologik amaliyot oʼtkazilgan boʼlsa, “DOCTOR VISION” MChJ xususiy klinikasida 150 million soʼm mablagʼ evaziga 26 nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

Boshqacha aytganda, 2022-yilda viloyat boʼyicha Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi byujetining 2 milliard 400 million soʼm mablagʼlari hisobidan 192 nafar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolandi. Joriy yilda ham mazkur yoʼnalishda shartnoma asosida yuqoridagi uchta nuquzli tibbiyot muassasalarida bemorlar davolanmoqda. Xususan, viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazida shu kungacha 57 nafar bemorlarda yuqori texnologik amaliyotlar oʼtkazilib, bemorlarning 47 nafarida endoprotezlash amaliyoti bajarildi. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida esa 44 nafar bemor murakkab yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari natijasida shifo topdi. Bu bemorlarning 9 nafarida yurak tugʼma nuqsoni boʼlgan va ular 18 yoshga toʼlmagani sababli ularda ochiq usulda murakkab yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarildi.
“DOCTOR VISION” MChJ xususiy klinikasida ham jamgʼarma mablagʼlari hisobidan 80 nafar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarda murakkab operatsiyalar oʼtkazildi. Viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi bilan “MedRefer” dasturida ishlash yoʼlga qoʼyildi. Bu jamgʼarma mablagʼlarini adolatli va shaffof tarzda sarflanishiga zamin yaratadi.

Muxtorjon JOʼRАBOYEV,
DTSJ Namangan viloyati hududiy bosh mutaxassisi.