Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Maqsad tizimda shaffoflikni ta’minlash

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Maqsad tizimda shaffoflikni ta’minlash
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Maqsad tizimda shaffoflikni ta’minlash

Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etishda axborot tizimlarini faol ishlashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shu bois eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida tibbiyot sohasini raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish davr talabiga aylanmoqda.

 

 

Mazkur vazifaning ijrosi doirasida mamlakatimizda tibbiyot muassasalari tomonidan masofaviy xizmat ko‘rsatish sonini oshirish va sifatini yaxshilash, shuningdek, poliklinika va shifoxonalarda elektron hujjat yuritish tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori F.Sharipov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, ITMed xodimlari va Estoniyalik ekspertlar bilan birga Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasida elektron axborot tizimini imkoniyatlarini o‘rgandi.

O‘rganishlar jarayonida asosiy e’tibor tumandagi tibbiyot muassasalarining tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, aholi sog‘lig‘ini monitoring qilib borish imkonini beruvchi yagona elektron platformani ishlashi jarayoniga qaratildi. Maqsad esa axborot texnologiyalarini joriy etish hisobidan tizimda shaffoflikni ta’minlash, eng muhimi, aholiga qulayliklar yaratish.

Ular Sirdaryo TTBda bo‘lib, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatilayotgan elektron dasturga qancha aholi biriktirilayotganligi, statsionarda yotib davolangan holatlarni kiritilishini sog‘liqni saqlash boshqarmasi va bosh shifokorlar tomonidan dasturga kirib ko‘rish va nazorat qilish jaryonlari bilan tanishdilar.
Xato kamchiliklar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

 

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi matbuot xizmati