Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Reimbursatsiya dasturi ekspertlar muhokamasida

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Reimbursatsiya dasturi ekspertlar muhokamasida
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Reimbursatsiya dasturi ekspertlar muhokamasida

Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etishdan koʼzlangan asosiy maqsad aholining moliyaviy qiyinchilikka duch kelmay, zarur tibbiy yordam olishini taʼminlash, el salomatligini mustahkamlashga qaratilgan.

Sogʼliqni saqlash tizimining birlamchi boʼgʼini muassasalarida xalqaro tajribalar asosida qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Reimbursatsiya dasturi ulardan biri. Bunda alohida surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan buyurilgan dori vositalari xarajatlarini maqsadli kompensatsiya qilish nazarda tutilgan.
Reimbursatsiya dasturi bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini bepul olish imkonini beradi. Reimbursatsiyaga Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 11ta dori vositasi kiritilgan.
Kelgusida bu tajribani yurtimizning barcha hududlarida joriy etish tizimi Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti vakili Аlena Goroshko bilan muhokama qilindi.