Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Samolyot chiptasiga, davolanishga uxxuuu qancha pul kerak...

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Samolyot chiptasiga, davolanishga uxxuuu qancha pul kerak…
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Samolyot chiptasiga, davolanishga uxxuuu qancha pul kerak…

Qariyib uch yildan beri urgutlik 29 yoshli Samarjon Xamdamov surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekardi. «Samarjon endi faqat chet elda davo topadi, bizda buning iloji yoʼq» degan tavsiyalardan charchagan ota-onasi ne qilishga hayron edi. Аxir aytishga oson-da. Begona yurtga borishning oʼzi boʼlmaydi, samolyot chiptasiga, davolanishga uxxuuu qancha pul kerak.

Bosh gʼovlab, najot qidirilayotgan kunlarning birida ahvoli yomonlashgan Samarjon oilaviy shifokorga uchradi. Unga zudlik bilan jigar koʼchirib oʼtkazish zarurligi qayd etilib, qisqa muddatlarda imtiyozli yoʼllanma asosida shifoxonaga yuborildi. Sarf-xarajatlarni Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi toʼlash haqidagi tushuntirishlardan bemorda najot uchqunlari paydo boʼldi. Quvonarlisi, Samarjon Samarqand viloyati koʼp tarmoqli tibbiyot markazida operatsiya qilinadigan boʼldi. Uzoqqa borishga ham hojat yoʼq, muhimi barchasi bepul, donor ham topildi.

–Muolajalar ham ancha mablagʼ talab etgani bois, «qoʼlimiz ancha yupqalashib» qolgan edi, – deya eslaydi Samarjon Xamdamov.– Chet elda davolanishni orzu ham qila olmasdim, negaki bizda bu qadar koʼp mablagʼ topishni iloji yoʼq edi. Nafaqat men, butun oilamiz tushkunlikka tushib qolgandik. Uyni sotmoqchi ham boʼldik, biroq men bunga koʼnmadim… Yaxshi qilgan ekanman, Prezidentimiz olib borayotgan tibbiyot sohasidagi islohotlar natijasida men sogʼlom hayotga qaytmoqdaman, oilamning boshpanasi ham saqlab qolindi. Buning uchun davlatimiz rahbaridan cheksiz minnatdorman.

– Ilgari ham buyrak transplantatsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilgan, ammo uning narxi 60 mln soʼmgacha deb belgilangan edi, – deydi markaz boʼlim boshligʼi Sherali Norqoʼziev.–Аslida bu mablagʼ ancha qimmat va qiyin operatsiyaning sarf-xarajatlarini qoplashga ham yetmasdi. Davlat tibbiy sugʼurtasi tizimida esa bu summaning ikki barobarga oshgani, shifokorlarni manfaatdorligini oshirmoqda. Bemorlarga ham ancha yengil boʼlib qoldi. Endi ovora boʼlib, xorijda doktor qidirib yurmaydi.

Davlatimiz koʼmagi bilan bugun minglab bemorlar najot topmoqda, oyoqqa turmoqda. Yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini respublikamizning deyarli barcha hududlarida yoʼlga qoʼyilgani, albatta prezidentimiz olib borayotgan islohotlar mevasi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Matbuot xizmati