Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Sihat va sifat uchun 

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sihat va sifat uchun 
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sihat va sifat uchun 

Tug‘ma yurak nuqsoni va orttirilgan yurak nuqsonlari bilan xastalangan bemorlarni erta aniqlash va ularga o‘z vaqtida malakali va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish doimiy e’tiborda. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining Sino Professional Medical xususiy klinikasi bilan hamkorligidan maqsad ham ana shu bolalarni sog‘lomlashtirish.

Ayni vaqtda hududlarda “Sihat va sifat uchun” bepul maslahatlar, instrumental tashxislash va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi manzil Bag‘dod tumani. Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada o‘tkazilgan tadbirda 100 nafarga yaqin bola malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi.

—Tekshiruvlar natijasida 65 nafar fuqaroga ambulator muolajalar belgilandi, 14 nafariga turli yo‘nalishdagi jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirildi, — deydi klinika boshqaruvi menedjeri Eldor Qaxramonov. — Shuningdek, ota-onalar bilan salomatlik mavzularida suhbatlar uyushtirildi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.