Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Manfaatdor tomonlar bilan uchrashuv

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Manfaatdor tomonlar bilan uchrashuv
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Manfaatdor tomonlar bilan uchrashuv

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi JSST, АQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda «Dori taʼminoti xarajatlarini qoplash tizimini joriy qilinishi yuzasidan maʼlumotni manfaatdor tomonlarga taqdim etish» mavzusida yigʼilish oʼtkazdi.
Unda farmatsevtika kompaniyalari, jumladan mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, yetkazib beruvchilar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4890-sonli qaroriga muvofiq 2021-yildan boshlab, Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini, jumladan, tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishning yangi modellarini joriy etish boʼyicha tajriba-sinov loyihasi ishga tushirildi. Ushbu mexanizmlarni amalga oshirish vazifasi Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasiga (keyingi oʼrinlarda Jamgʼarma deb yuritiladi) yuklatildi.
Tajriba sinov-loyhasida doirasida 2022-yildan reimbursatsiya – bir qator surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun moʼljallangan dori-darmonlarini qoplash tizimi ishga tushdi.
Hozirda bu tizimga 11 ta dori kiritilgan boʼlib, roʼyxat har yili yangilanib, kengaytirilishi kutilmoqda. Shu maqsadda mavjud ilgʼor xalqaro tajribalardan kelib chiqib, dori vositalarining xarajatlarini qoplash hamda Jamgʼarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarda dori vositalarining doimiy mavjudligini taʼminlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Yigʼilishda manfaatdor tomonlar eʼtiboriga dori-darmonlarni qoplash xarajatlarini aniqlash va ularning chakana dorixonalarda mavjudligini taʼminlash bilan bogʼliq jihatlar alohida qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga Jamgʼarma mutaxassislari batafsil javob berdi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Matbuot xizmati