Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

U o‘z akasiga bir buyragini berdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > U o‘z akasiga bir buyragini berdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > U o‘z akasiga bir buyragini berdi

“Akamga buyrak yetishmovchiligi tashhisi bilan, gemodializ muolajasi buyurilgandan buyon uyqumda halovat bo‘lmay qoldi. Jigarim yagona oila boquvchi, kichik yoshdagi uchta farzandi bor. Ularning taqdirini o‘ylab bir siqilsam, ukamning yosh joniga bir ko‘yaman. Ana shunda najot eshigi ochildi, buyrak transplantatsiyasi o‘tkazish mumkinligi va xarajatlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi qoplab berishini, eshitdik.”

Bu- gulistonlik Sayyoraxon Norqulovaning akasi Akromjon Usmonov haqidagi hikoyasining bir qismi edi. Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi A. Usmonov o‘tgan  yilning dekabr oylarida qorindagi shish sabab, oldiniga tuman, so‘ngra viloyat tibbiyot muassasasi mutaxassislariga murojaat qildi.

Guliston tibbiyot klasteri davo muolajalarini ola boshlagan bemor ahvoli yaxshi tomonga emas, orqaga ketayotganini sezib turardi. Shunda uning joniga, jondek jigari, 1985 yilda tug‘ilgan Sayyoraxon Norqulova kirdi. U o‘z akasiga bir buyragini beradigan bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: Ushbu, buyrak transplantatsiyasi amaliyoti Guliston tibbiyot klasterida buyrak transplantatsiyasi bilan bog‘liq o‘tkazilgan yuqori texnologik jarrohlik amaliyotining yettinchisi hisoblanadi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot xizmati.