Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Ozarbayjonda MTS qanday moliyalashtiriladi?

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Ozarbayjonda MTS qanday moliyalashtiriladi?
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Ozarbayjonda MTS qanday moliyalashtiriladi?

Ozarbayjon Respublikasi Davlat majburiy tibbiy sug‘urta agentligi boshqaruv raisi o‘rinbosari Nigyar Bayramova  mamlakatida amalga oshirilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ijtimoiy himoya P4H global tarmog‘i haqida bilib, qo‘shni mamlakatlardagi hamkasblar bilan ushbu mavzu bo‘yicha xalqaro hamkorlik o‘rnatishga qiziqib qoldim. Ozarbayjonda majburiy tibbiy sug‘urtani to‘liq joriy etish 2021 yil aprel oyidan boshlangan.  Albatta, bu jarayonda har bir davlatning o‘ziga xos bosib o‘tgan yo‘li bor: muvaffaqiyatli, omadsiz. Bularni barchasini baham ko‘rish juda muhim, chunki faqat bilim va ko‘nikmalarni almashish orqali yaxshi natijaga erishish, hatolarni takrorlamaslik va mavjud muammolarni hal qilishning yangi va maqbul usullarini izlashga erishamiz.

O‘tgan davrda  Ozarbayjonda majburiy tibbiy sug‘urta (MTS)ni joriy etish bo‘yicha  bir qator islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo qonunchilik bazasi takomillashtirildi, tegishli me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.

Majburiy tibbiy sug‘urtani alkogol ichimliklari, benzin, tamaki mahsulotlari, energetik ichimliklar va boshqa mahsulotlarning aksiz solig‘i bo‘yicha badallar hisobiga qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlashga erishildi. MTS qo‘shimcha mablag‘larini hisobiga “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash qoidalari” ishlab chiqildi. Natijada shifokorlarning eng kam oylik ish haqi oldingi davrga nisbatan kamida 3 baravarga, ko‘pi bilan 4 baravarga oshirildi.

Shuningdek,  MTS tizimini joriy etish orqali moliyaviy, kadrlar va tibbiy resurslarni samarali qayta taqsimlash imkoniyati yaratildi. Tibbiy tashkilotlarni ko‘rsatilgan tibbiy xizmat hajmiga qarab MTS jamg‘armasi hisobidan bir kanalli moliyalashtirish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda davlat muassasalarida MTS doirasida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar tariflari ishlab chiqildi. Bunda MTS paketi doirasida fuqarolar Agentlik bilan shartnomaga ega davlat va hususiy tibbiyot muassasalaridan tibbiy xizmat olish imkoniga ega bo‘ldi.

MTS Ozarbayjonda sug‘urtalangan fuqarolarga yurak-qon tomir jarrohligi, neyro-xirurgiya, bo‘g‘imlar endoprotezi,  koxlear implantatsiya va boshqa turdagi yuqori-texnologik va qimmat jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishga talab etiladigan mablag‘larni qoplab beradi.

Majburiy tibbiy sug‘urta Agentligi bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab MTSni joriy etuvchi yagona tuzilma bo‘lib, eng muhim yutug‘imiz rivojlanayotgan va takomillashayotgan kadrlar salohiyatidir. Bu jarayonda tibbiyot muassasalarining ichki faoliyati elektronlashtirildi, MTS qo‘llayotgan muassasalar tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar oshirildi. Natijada barcha aholi sug‘urtalandi.

JSSTning sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ijtimoiy himoya P4H global tarmog‘i Ozarbayjon uchun ayrim yo‘nalishlarda ko‘mak berishini istardim.  Misol uchun, MTS tizimini boshqarishni rejalashtirish, baholash va monitoring qilishda mutaxassislar yordami, Agentlik o‘tkazgan ekspertiza xulosalari bo‘yicha tibbiyot tashkilotlarning da’volarini boshqarish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha halqaro amaliyotni o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashini kutib qolamiz.