Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Viloyatimizda Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi amalda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Viloyatimizda Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi amalda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Viloyatimizda Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi amalda

Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sug‘urta tizimini joriy etilishi natijasida ijtimoiy ahvoli og‘ir, imkoniyati yo‘q fuqarolar jamg‘arma yordami bilan og‘ir asoratli, kattagina mablag‘ni talab etuvchi kasalliklardan yuqori-texnologik jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng tez va oson, xarajatsiz xorijiy davlatlarda yoki poytaxtda emas viloyatimizning o‘zida yuqori-texnologik jarrohlik amaliyotlari qilinib bemorlarni yo‘l qiyinchiliklariga barxam berildi.

Viloyatimizning 9 ta tibbiyot muassasasi o‘rtasida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnomalar tuzilgan. Ushbu shartnoma tuzilgan 5 ta davlat va 4 ta nodavlat tibbiyot muassasalarida bugungi kunga kelib 325 nafar bemorlarda yuqori texnalogiyali jarrohlik amaliyoti bajarildi. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, Davlat byudjetidan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan kafolatlangan paket doirasida qoplab berildi. Ushbu tibbiy jarayonlar mutlaqo bepulligi bilan ahamiyatli.

Ushbu jarayonda yurak qon-tomir, ko‘z, buyrak, uralogik, ginekologik hamda travmatologik kasalliklar asosan Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali, Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Reyespublika ixtisoslashtirilgan uralogiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bilan birgalikda nodavlat tibbiyot muassasasi «Inter Qaxramon Yorqinoy» xususiy klinikasi bemorlar dardiga oro kiritmoqda. Ushbu muassasalarda yuqori-texnologik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan imtiyozli toifaga kiruvchi juda ko‘plab yurtdoshlarimizga yuqori malakali tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Xorazm viloyati hududiy bosh mutaxassisi Babajanov Erkin Otabayevich