Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Xususiy muassasalar monitoringdan o‘tkazilmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Xususiy muassasalar monitoringdan o‘tkazilmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Xususiy muassasalar monitoringdan o‘tkazilmoqda

Statistika ma’lumotlariga ko’ra hozir yurtimizda xususiy shifo maskanlari soni 7320 taga yetdi. Ularning 5823 tasi ambulator, 1497 tasi esa statsionar sharoitida faoliyat yuritmoqda.

Davlat sug’urtasi jamg’armasi bilan shartnoma tuzishga Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan bunday muassasalar soni to’qsontadan ortiq bo’lib, o’ntasi Farg’ona viloyati hissasiga to’g’ri kelmoqda.

Ayni vaqtda Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi xodimlari Sog’liqni saqlash vazirligining ekspert guruhi a’zolari bilan Farg’ona viloyatida bo’lib, ushbu xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini o’rganmoqda. Monitoring natijalari yakunida narxlar, zamonaviy texnologiyalar mavjudligi va tibbiy xizmatlar sifati asosida ularning bir nechtasi hamkorlik uchun tanlab olinadi.

Maqsad hamkorlik shartnomasini imzolash orqali imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarining qaysi biridan tibbiy xizmatlar olishni o’z hohishiga ko’ra erkin tanlash imkonini berish.

Prezidentimiz joriy yilning 18 mart kuni tibbiyot xodimlari bilan bo’lib o’tgan ochiq muloqotda bu xususida so’z yuritib, “Ochiq aytish kerak, ko’plab xususiy klinikalardagi sharoit, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati davlat shifoxonalaridan ancha oldinga o’tib ketgan. Bundan, faqat xursand bo’lishimiz kerak”, deya ta’kidlagan edilar.

Erishilayotgan yutuqlarda Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2021 yilning 28 iyulida imzolagan “Sog’liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2021 yil 1 noyabrdan respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi va urologiya, joriy yilning 1 yanvaridan kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ko’rsatishiga ruxsat berilgan.

Bunda nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat ko’rsatish Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi bilan tuziladigan shartnoma asosida bazaviy narxlarga ko’ra amalga oshiriladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi matbuot xizmati