Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Mahallabay tizimida mahalla raislari bilan yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilgan

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Mahallabay tizimida mahalla raislari bilan yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Mahallabay tizimida mahalla raislari bilan yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan

Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi tumandagi 130 ming nafardan ortiq aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko’rsatmoqda. Bunda esa davlat tibbiy sug’urtasi talablariga ko’ra tashkil etilgan 63ta tibbiy brigadaning o’rni alohida.
Ayni vaqtda aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bu borada esa mahallar bilan hamkorlik qilish maqsadida tumandagi 39 ta fuqarolar yig’ini bilan reja asosida ishlar tashkil etlmoqda.
– Davlat tibbiy sug’urtasiga o’tish jarayonida oilaviy poliklinikalarda tibbiy brigadalar faoliyati yo’lga qo’yildi, –deydi Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi Karomat Karimova.–Uning tarkibida besh kishi-oilaviy shifokor, doya, amaliyot hamshirasi va ikki nafar patronaj hamshiradan iborat. Bunda oila shifokori o’ziga biriktirilgan ikki ming nafar aholining salomatligini muntazam kuzatib boradi va zarurat bo’lganda yo’llanma asosida tor soha mutaxassislariga yo’naltiradi. Yo’llanma orqali tor soha mutaxassislarga yo’naltirilgan bemorlar ortiqcha sarsongarchilikdan xalos bo’ladi.
Darhaqiqat tibbiy sug’urta tizimining joriy etilishining asosiy sabablaridan biri ham oila shifokorlarining obro’sini yanada oshirish va shu orqali aholining muammolarini bartaraf etishdir. Agar bemorda sog’liqdan tashqari, ijtimoiy muammolar bo’lsa, hamkor tashkilotlarga murojaat qilinadi. Misol uchun, mahallabay tizimida ishlashda mahalla raislari bilan yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Shunda tibbiyot xodimlari oilalardagi shart-sharoitlar, kim qaysi daftarga kiritilgani (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”), ularning ijtimoiy holati haqida ham ma’lumotlarga ega bo’ladi. Bu esa bemorning kasalligini asosini topish va uning davolashda muhim omillardan hisoblanadi.
–Mahallamizdagi 447ta xonadonda 2 ming nafardan ortiq fuqaro istiqomat qiladi, – deydi Boyovut tuman “Sohil” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Zafar Choriev. – Ularning hammasi davlat tomonidan sug’urtalangan va kafolatlangan paket doirasida bir xil tibbiy yordam ko’rsatiladi. Patronaj hamshira bilan birga uyma-uy yurib, aholi orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilayapmiz. Shuningdek, aholining salomatlik ko’rsatkichlarini aniqlash borasida ish reja ishlab chiqqanmiz. Shu jarayonda har bir xonadon ahli o’rganilib, ijtimoiy ahvoli og’ir bo’lgan fuqarolarga tezkorlik bilan birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Tibbiy sug’urtaning afzalliklaridan biri – aholining etarli darajada dori vositalari bilan ta’minlanashi ekan. Avvallari tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarimiz ko’p sarson-sargardonlikka uchrar edi. Endilikda bu holatga chek qo’yildi. Aholi orasida sog’lom turmush tarzi borasidagi tushuntirishlar ham olib borilmoqda.
Eng muhimi davlat tibbiy sug’urtasining tub zamirida aholi orasida tabaqalanishga chek qo’yish, har bir insonni qadri yotadi. Inson har qanday ijtimoiy holatidan qat’iy nazar kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egadir.