Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Саломатлик энг қадрли неъматдир

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Саломатлик энг қадрли неъматдир
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Саломатлик энг қадрли неъматдир

Toshkentlik Gulchehra Obidova 64 yoshda. Onaxon bundan to‘rt yil oldin insultni boshdan o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng u tez-tez shifokor ko‘rigiga borib davolandi. Ammo tanadagi o‘zgarishlar, ushbu xastalikning asoratlari uni muntazam bezovta qiladi. Shu bois u doimiy davolanishga muhtoj.

Mamlakatimizda surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish va davolashning samarali tizimini tashkil etish, uyqu arteriya stenoziga chalingan bemorlarni jarrohlik amaliyoti orqali davolashning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 martdagi “Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

Mazkur hujjat bilan Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etilgan. Ayni vaqtda markaz ko‘plab shifo umididagi yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Ma’lumki, angionevrologiya nevrologiya asab tizimining qon-tomir kasalliklari bilan shug‘ullanadigan bo‘limidir. Markaz miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalarida joriy etishga xizmat qiladi. Shuningdek, miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy etish yo‘li bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlarni davolaydi.

O‘tgan 2022 yilning oktabr oyidan boshlab markaz Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan hamkorlikda bemorlarda mutlaqo bepul jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.

Farg‘onalik Rustam Teshaboev qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga ishlagani ketgan edi. Taqdir taqozosi bilan begona yurtda yurak xurujini boshdan kechirdi. Uni zudlik bilan shifoxonaga olib borishdi. Davolangan bo‘lsa-da, jiddiy asorat va xavf saqlanib qoldi. Turmush o‘rtog‘i Zeboxon Teshaboevaning aytishicha, bemor harakatsiz yotgan va gapira olmagan, og‘ir ahvolda Toshkentga keltirilgan. Xususiy klinikada davolangach, shifokorlar unga angionevrologiya markaziga yo‘llanma bergan. Og‘ir ahvoldagi bemor imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimi orqali navbatga qo‘yilib, qisqa fursatda jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Amaliyot Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Ayni vaqtda Rustam Teshaboev o‘zi harakatlana olyapti va nutq faoliyati ham tiklanyapti.

Ma’lum qilishlaricha, 40 o‘ringa ega markaz o‘tgan 2022 yilning oktabr oyidan boshlab Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan hamkorlikda 200 nafarga yaqin bemorga bepul xizmat ko‘rsatdi. Buning uchun markazga jamg‘arma tomonidan 1,4 milliondan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgan.

Bu markazda nevropatolog, qon-tomir jarrohi va boshqa bir guruh shifokorlar faoliyat yuritadi hamda bemorlarga malakali xizmat ko‘rsatadi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati