Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Xalqimiz uchun katta imkoniyat

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Xalqimiz uchun katta imkoniyat
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Xalqimiz uchun katta imkoniyat

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan shartnoma asosida hamkorlikni yoʼlga qoʼygan. Joriy yilning oʼtgan davrida 11 ming nafardan ziyod bemorga koʼrsatilgan tibbiy xizmatlarga sarflangan 47,5 mlrd soʼmni Jamgʼarma qoplab berdi.

Biz ushbu Markazda tez-tez boʼlib, imtiyozli yoʼllanma asosida davolanayotgan bemorlarning holatini oʼrganamiz. Аna shunday oʼrganishlar davomida hovlida shifokorni kutib turgan bir inson biz bilan suhbatlashish istagini bildirdi. U oʼzini Murodjon Аbdulfayziev deb, tanishtirib, farzandi xastalikka chalingani va yaqinda shu markazda operatsiya qilingani haqida soʼzlab berdi.

– Shifokorlar hammasi juda eʼtiborli ekan, kerakli muolajalarni oldik, – dedi andijonlik Murodjon aka. – Kecha jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi, hozir qizimning ahvoli yaxshi. Nasib boʼlsa, tuzalib ketishiga ishonaman. Barcha sarf xarajatlar davlat hisobidan bepul boʼlishini, buning uchun Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi tashkil etilgani haqida tushintirishdi. Sogʼligʼida muammosi boʼlib, davolanishga qiynalayotgan oilalarga ana shunday yengillik yaratilgani uchun Prezidentimizdan minnatdorman.

Davlat tibbiy sugʼurtasi haqida tibbiyot xodimlari qanday fikrda?

– Bu tizimni ixtisoslashtirilgan markazlarda joriy qilinishi xalqimiz uchun juda katta imkoniyat boʼldi, – deydi Markaz boʼlim boshligʼi Xurshid Islamov. – Negaki elektron yoʼllanma orqali yuqori texnologik tibbiy yordam koʼrsatish tizimi joriy qilinishi natijasida shaffoflik taʼminlanmoqda. Bemorlarni maqsadli davolash yoʼlga qoʼyildi, navbatlar qisqardi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.