Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi rahbariyatining Turkiya davlatiga tashrifi davom etmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi rahbariyatining Turkiya davlatiga tashrifi davom etmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi rahbariyatining Turkiya davlatiga tashrifi davom etmoqda

Unda tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish usullarini ishlab chiqish va joriy etish, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida tajriba almashildi.
Turkiya Respublikasi Ijtimoiy taʼminot agentligi vakillari hamrohligida Istambuldagi yetakchi tibbiyot muassasalarida, oilaviy poliklinika va xususiy tibbiyot tashkilotlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

Ularning har biri oʼz tajribalari, xususan, Istambuldagi oilaviy poliklinika mudiri Farhod Mahmud Qashqarliy har bir oila shifokoriga 2,5-3 ming nafargacha aholi biriktirilishi, yagona axborot tizimda ishlash, elektron retsept bilan dorilar berilishi, har bir oilaviy poliklinika Turkiya ijtimoiy sugʼurta agentligi bilan shartnoma tuzishi haqida batafsil soʼzlab berdi.
Ularda ham xususiy tibbiyot tashkilotlari davolangan holatlar boʼyicha hujjatlarni agentlikka elektron tarzda yuborishi yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, barcha sarf-xarajatlar qoplab berilar ekan.