Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Navoiyda 1420 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Navoiyda 1420 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Navoiyda 1420 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Navoiy viloyati koʼp tarmoqli tibbiyot markazida imtiyozli toifaga mansub bemorlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari oʼtkazilmoqda.

2023 yilda 1420 nafar bemorda murrakab jarrohlik amalyotlari oʼtkazildi. Ushbu amaliyotlarning 56 foizi endovaskulyar xirurgiya. Shuningdek, kardioxirurgik, travmatologik, neyroxirurgik, buyrak transplantatsiyasi va boshqa turdagi jarrohlik amaliyotlari markazda muntazam oʼtkazilmoqda.

– Bemorlarimiz xursand, chunki bunday jarrohlik amaliyotlarini oʼtkazish uchun poytaxtga yoki xorijiy davlatlarga chiqishga hojat qolmadi. Qolaversa, oʼtkazilayotgan barcha amaliyotlar Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi hisobidan qoplab berilmoqda, – deydi shifokor Matyoqub Toʼxtaev. – Markazimizning moddiy texnik bazasi doimiy yangilanadi, bu borada davlatimiz tomonidan katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish maqsadida bir qator xorijiy davlatlar bilan memorandum imzolangan. Bu oʼz navbatida tibbiy xizmat sifatini oshirishga zamin yaratadi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot va PR xizmati.