Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

💎DTSJ xodimlari Qirgʼizistonga uyushtirilgan safar chogʼida Qirgʼiziston Majburiy tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi vakillarining sogʼliqni saqlash tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, tibbiy xizmatlar sifatini monitoring qilish, axborot tizimlari hamda ularning markaziy apparat bilan oʼzaro hamkorlik tajribasini ham oʼrganishmoqda.

📌Safar rejasiga koʼra, bugun Chuy viloyatidagi Kara-Balta shahridagi respublika sil kasalliklari shifoxonasida boʼlib, majburiy tibbiy sugʼurta fondi mablagʼlari asosida ish olib borayotgan sil kasalligi shifoxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi

✅Umumiy amaliyot shifokorlari markazidan maʼlum qilishlaricha, sil kasallarini ambulator sharoitda toʼliq davolagan umumiy amaliyot shifokori va oilaviy hamshiraga qoʼshimcha pul toʼlanar ekan. Sil kasali aniqlangan bemorlarni elektron registri yaratilgan boʼlib, u sugʼurta jamgʼarmasining sifat nazorati ekspertiza boʼlimiga koʼrinib turadi.