Unda vazirlik markaziy apparati xodimlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasi, Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi, Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Strategik rejalashtirish va salomatlik instituti, ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash muassasalari va tibbiyot oliy oʼquv yurtlari rahbarlari ishtirok etyapti.
Joylardagi studiyalardan barcha hududiy boshqarmalar hamda tuman tibbiyot birlashmalari masʼullari onlayn qatnashmoqda.
Yigʼilish Sogʼliqni saqlash vaziri Аsilbek Xudayarov maʼruzasi bilan boshlandi. Vazir oʼz chiqishida oʼtgan 2024 yilda bajarilgan ishlarni tanqidiy-tahlil qilib,
2025 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga toʼxtalyapti.
Sogʼliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.