Hozirda 75- OPga 31 ming nafardan ortiq aholi biriktirilgan. Hozirda “Elektron poliklinika”ni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda. Shifokor oldi xonasi tashkil etilib, 13 ta “Tibbiyot birgada”si tashkil etilgan.
OPda 10 o‘rinli kunduzgi shifoxona mavjudligi bemorlar uzog‘ini yaqin qilmoqda. Bemorlarga yo‘llanma berish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yo‘llanmalar ro‘yxatga olinib, doimiy monitoring qilib borilmoqda.
Bemorlarga bepul dori vositalarini retsept asosida berish yo‘lga qo‘yilgan.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi vakillari o‘rganishlar jarayonida lokal tarmoq va “Elektron poliklinika”ni tezroq ishga tushirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida klinik protokollar, diagnostika va davolash standartlari asosida davolanishini qat’iy nazoratga olish borasida tegishli tavsiyalarni berdi.
Давлат тиббий суғуртаси жамғармаси
Матбуот хизмати