Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

20 dan ortiq davlat vakillari Fransiyada sogʻliqni saqlash xizmatlari masalalarini muhokama qilmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 20 dan ortiq davlat vakillari Fransiyada sogʻliqni saqlash xizmatlari masalalarini muhokama qilmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 20 dan ortiq davlat vakillari Fransiyada sogʻliqni saqlash xizmatlari masalalarini muhokama qilmoqda

Fransiyaning Lion shahrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olishdagi hamkorlik butunjaxon konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Unda 20 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Z. Ermatov ham mazkur tadbirda qatnashmoqda.

Ushbu tadbirda bir qancha asosiy masalalar muhokama qilinmoqda: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami prinsiplari asosida sogʻliqni saqlash tizimlarini transformatsiya qilish, sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirishning ahamiyati, JSST bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar, hamda ishtirokchilar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlash masalalari.