Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi direktori F. Sharipov, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i R. Yuldashev Sirdaryo TTBda bo‘lib, davlat tibbiy sug‘urtasi talablari bajarilishini o‘rganishdi.
O‘rganishlar jarayonida asosiy e’tibor tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, aholi sog‘lig‘ini monitoring qilib borish imkonini beruvchi yagona elektron platformani ishlashi jarayoniga qaratildi. Shuningdek, kafolatlangan paketga kiritilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, bog‘lov materiallarini aholiga qay tarzda yetkazib berilayotgani kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan davolash va diagnostika standartlari va klinik protokollarga amal qilishdagi ayrim kamchiliklar aniqlanib, tushuntirishlar berildi.
DTSJ davlat byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatishni ta’minlaydi. 066-hisob shakli va yo‘llanma berish tartibi muhim bo‘lib, agar kasallik tarixini qaysidir qismi to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki ma’lumot qolib ketsa, uni elektron dastur o‘qimaydi.