Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

74 yoshli onaxon yuragida stentlash amaliyoti oʻtkazildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 74 yoshli onaxon yuragida stentlash amaliyoti oʻtkazildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 74 yoshli onaxon yuragida stentlash amaliyoti oʻtkazildi

Surxondaryo viloyati Uzun tumani Duoba mahallasida yashovchi Karomat momo Rajabova bir necha yildan buyon nafas yetishmasligi va charchoqdan shikoyat qilib kelgan. Farzandlari avaliga bu holatni keksalik va uning injiqliklari bilan bogʻlashgan boʻlsa-da, keyinchalik shifokorga murojaat qilgan.

Shifokorlar 74 yoshli onaxonni yuragida stentlash amaliyoti bajarish zarurligini aniqlab, Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialiga imtiyozli yoʻllanma asosida yoʻnaltirdi.

Onaxonning ahvoli hozirda yaxshi. U dardiga malham topganidan xursand!

Batafsil DTSJ Matbuot va PR xizmati tayyorlagan lavhada tanishing!

DTSJ Matbuot va PR xizmati