Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

81 mlrd soʼmlik tibbiy xizmatlar to‘lab berildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 81 mlrd soʼmlik tibbiy xizmatlar to‘lab berildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 81 mlrd soʼmlik tibbiy xizmatlar to‘lab berildi

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Ijro etuvchi direktori Z.Ermatov raisligida hududiy davlat tibbiyot muassasalari bilan Zoom orqali yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Jamgʼarmaning imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash xarajatlarini qoplash faoliyatiga aloqador boʼlgan barcha boʼlinmalar xodimlari, hududiy bosh mutaxassislar va tibbiyot tashkilotlari rahbarlari va hisobchilari ishtirok etgan yigʼilishda 2023-yilda erishilgan natijalar hamda 2024-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

Unda maʼlum qilinishicha, joriy yilning oʼtgan davrida viloyatlarda joylashgan 41ta tibbiyot tashkilotiga 9 ming nafardan ortiq bemorga koʼrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun 81 mlrd soʼm toʼlab berilgan. Bu 2022 yilga nisbatan uch barobar koʼp demakdir.

Erishilgan yutuqlarda eng avvalo tizimda «Medrefer» axborot dasturi joriy etilgani va klinik protokollarga amal qilinayotgani muhim omil boʼlmoqda.

Qizgʼin bahs-munozaralar bilan oʼtgan yigʼilishda hududiy tibbiyot muassasalarining Jamgʼarma bilan hamkorligi imtiyozli toifadagi bemorlarga har jihatdan manzur boʼlayotgani qayd etildi. Endilikda aholi yuqori texnologik tibbiy yordam olish uchun poytaxtga yoki xorijga borib ovora boʼlmaydi. Аksincha, oʼziga yaqin viloyat yoki tuman kesimidagi tibbiyot tashkilotiga murojaat qilib, ham mablagʼini, ham vaqtini tejaydi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.