Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

84 ming nafardan ziyod bemor shifo topdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 84 ming nafardan ziyod bemor shifo topdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 84 ming nafardan ziyod bemor shifo topdi

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Ijro etuvchi direktori Z. Ermatov raisligida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Respublika tibbiyot muassasalari bilan Zoom orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Jamg‘armaning imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash xarajatlarini qoplash faoliyatiga aloqador bo‘lgan barcha bo‘linma mutaxassislari ishtirok etdi.
2023-yilda erishilgan natijalar va 2024-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda joriy yilning oʼtgan davrida 84,2 ming nafardan ortiq bemorning davolanishi va yuqori texnologik operatsiyasi uchun sarflangan mablag‘lar qoplab berilgani qayd etildi.

Erishilgan bir qator natijalarga to‘xtalib o‘tildi.

  1. Bemorlarning tibbiyot tashkilotlarida davolanishlari uchun sarflangan barcha xarajatlar, jumladan qimmatbaho sarflov materiallari, protezlar xarajatlari toʼliq Jamg‘arma tomonidan qoplab berilmoqda.
  2. Kasalliklarning xalqaro tasniflari asosida tashxis qo‘yish va davolash standartlari, klinik protokollarga rioya qilgan holda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish taʼminlanmoqda.
  3. Bemorlarga mablagʼlarning sarflanganligi va tibbiy xizmatlarning haqiqatda bajarilganligi hamda ularning koʼrsatilgan tibbiy xizmatlar sifatidan roziligi Jamg‘arma tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “qaytar aloqa” tizimi orqali doimiy nazorat qilinib, korruptsiya xavf-xatarlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
  4. Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar xarajatlari Jamg‘arma tomonidan qoplash jarayonlari raqamlashtirildi va inson omili kamaytirildi.
  5. Bemorlarning tibbiyot tashkilotlarida davolanishlari uchun sarflangan barcha xarajatlar, jumladan qimmatbaho sarflov materiallari, protezlar xarajatlari to‘liq Jamg‘arma tomonidan qoplab berilmoqda.

    Yigʼilishda 2024-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan ishlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.


Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi Matbuot xizmati