Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida 14 yoshli oʻsmirning yuragida noyob, yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
Urgutlik ona 14 yoshli farzandining yurak ogʻriqlarini u bilan birga his qildi. Bemor 4 yoshdaligida ham yuragida murakkab jarohlik amaliyoti oʻtkazilgan boʻlib, butunlay tuzalib ketishi uchun yana jarrohlik amaliyoti bajarilishi kerak edi. Biroq, boladagi nuqson juda murakkab boʻlib, bunday jarrohlik amaliyotini oʻtkazadigan shifokorni topish ham oson emasdi.
Unga sarflanadigan mablagʻ ham ancha salmoqli edi.
Boladagi tez charchash va lablar koʻkarishi alomatlari saqlanib qolgan boʻlib, turli dorilarga talabi yuqori edi. Ona umid bilan allohdan najot kutdi…
Jarrohlik amaliyoti 10 soat davomida oʻtkazildi, – deydi markaz kardiojarrohi Niso Turdiyeva. – Biz Fonten usulini qoʻlladik va bunday amaliyot sanoqli klinikalarda bajariladi. Noyob va qimmat bu jarrohlik amaliyoti uchun mablagʻni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi qoplab berdi. Hozirda bolaning ahvoli ancha yaxshi, ogʻriqlariga shifo topildi.
Maʼlumot uchun: Fonten operatsiyasi murakkab tugʻma yurak nuqsoni holatida arterial jarrohlik boʻlib, yurak-ishemik kasalligi boʻlgani holatida ishlab turgan yurakda aortokoronar shunt oʻrnatilishi orqali oʻtkaziladi.
Batafsil “Sevimli” TVning “Zamon” informatsion dasturida.
DTSJ Matbuot va PR xizmati