Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Buyragidagi kuchli ogʻriq sabab, darsni amallab tugatib, oilaviy shifokorga uchradi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Buyragidagi kuchli ogʻriq sabab, darsni amallab tugatib, oilaviy shifokorga uchradi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Buyragidagi kuchli ogʻriq sabab, darsni amallab tugatib, oilaviy shifokorga uchradi

Gulnora Usmonova Guliston shahridagi 8-maktabda oʻquvchilarga tarix fanidan dars beradi. Doim ish bilan band boʻlib, oʻz salomatligini eʼtiborsiz qoldirdi. Kunlarning birida buyragidagi kuchli ogʻriq sabab, darsni amallab tugatib, oilaviy shifokorga uchradi. Zarur chuqurlashtirilgan koʻriklardan soʻng buyragida jiddiy muammo aniqlandi.

Ikkinchi guruh nogironi boʻlgani sababli Gulnora opaga Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yuqori texnologik operatsiya uchun imtiyozli yoʻllanma berildi.

Yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti ham muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati