Qashqadaryolik Muhabbat Sultonova yuragidagi ogʻriqlar sabab, ancha vaqt qiynalib yurdi. Yaqinda esa imtiyozli yoʻllanma asosida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazdi. Ushbu jarrohlik uchun sarflangan xarajatlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻlab berdi.
–Shunday imkoniyatlarni yaratga Davlatimiz rahbaridan minnatdorman, – deydi Muhabbat opa. – Qolaversa, biz kabi pensiyaga chiqqan va tibbiy xizmatga muhtoj bemorlarda jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun toʻlovlarni qoplab berayotgan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga ham oʻz rahmatimni aytaman.
Maʼlumot uchun: joriy yilning oʻtgan davrida 58 nafar bemorda oʻtkazilgan yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari uchun Jamgʻarma 897 mln soʻm mablagʻ ajratdi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati