Bugun poytaxtimizning “Milan” mehmonxonasida “Surunkali respirator kasalliklarining oldini olish boʻyicha va davolash hamda tamaki chekishni nazorat qilish” dasturiga oid yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jaxon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa maʼsul tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda surunkali respirator kassaliklarning oldini olish va davolash sohasi boʻyicha Oʻzbekiston imkoniyatlarini oʻrganish hamda ushbu yoʻnalishdagi mamlakat tajribasi bilan tanishish masalalari muhokama qilindi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati