Poytaxtimizda 18-22-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi tibbiyot muassasalari moliya xodimlari uchun oʻquv treningi boʻlib oʻtdi. Trening Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ hamda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Mazkur trening Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-311-sonli qarorida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etildi.
Trening davomida ishtirokchilar sogʻliqni saqlash sohasining siyosiy asoslarni, qonunchilik bazasi, institutsional va konstitutsiyaviy asoslarni, shuningdek, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida qoʻllaniladigan yangi moliyalashtirish mexanizmlarini atroflicha oʻrganish va muhokama qilish imkoniga ega boʻldilar.
Ishtirokchilar keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuman va shahar tibbiyot muassasalari moliya xodimlari bilan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish belgilandi.
Yakunda ishtirokchilarga oʻquv treningni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari haqida sertifikatlar topshirildi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati