Dastur milliy va xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan bir yilga yaqin vaqt davomidagi muhokamalardan soʻng qabul qilindi.
Ushbu hujjatga xalqaro klinik amaliyotlar asos qilib olingan. 30 yoshdan boshlab ayollar har 10 yilda inson papillomasi virusiga test topshirishi, 45 yoshdan 65 yoshgacha esa har 2 yilda mammografiyadan oʻtishi kerak boʻladi. Har bir ayol elektron roʻyxatga kiritiladi va har qanday xavfli oʻzgarishlar aniqlanganda tizimda “yoʻqolib qolmaydi”. Dastur aniq harakatlar va davolash protokollarini oʻz ichiga olgan.