Samarkand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi xodimlari tajriba almashish maqsadida Jamgʻarmaning Toshkent shahar hududiy boʻlinmasiga tashrif buyurdi.
Ularga Boʻlinma boshligʻi B.Muminov oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-311-sonli qarorining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushunchalar berdi.
Shuningdek, qaror doirasida Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati