Fransiyaning Lion shahrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olishdagi hamkorlik butunjaxon konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Unda 20 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Z. Ermatov ham mazkur tadbirda qatnashmoqda.
Ushbu tadbirda bir qancha asosiy masalalar muhokama qilinmoqda: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami prinsiplari asosida sogʻliqni saqlash tizimlarini transformatsiya qilish, sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirishning ahamiyati, JSST bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar, hamda ishtirokchilar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlash masalalari.