Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini monitoring qilish

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini monitoring qilish
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini monitoring qilish

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori F. Sharipov, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i R. Yuldashevlar Guliston TTBda bo‘lib, davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilishi talablari bajarilishini o‘rganishdi.

Bunda asosiy e’tibor kafolatlangan paketga kiritilgan 66 turdagi dori vositalari, tibbiy buyumlar, sarflov materiallari, laborator tekshiruvlar uchun zarur bo‘lgan reaktivlar ta’minoti, diagnostik-tahlillar uchun kerakli bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlanish holatiga qaratildi.

Aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, kasallik tarixini yuritish va tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish maqsadida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, tegishli dasturning ish faoliyati baholandi.

Shifokor qabuligacha bo‘lgan xonalar, 066-hisob shakli va yo‘llanma berish tartibi ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar yakunida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar aniqlanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.