Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Jizzax viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari bilan shartnoma imzoladi. Imzolangan shartnomalarga asosan mazkur tibbiyot muassasalari imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolashadi. Har bir bemorni davolash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sifatini baholagan holda qoplab beriladi. Bularning natijasida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga qulaylik yaratiladi hududlardan Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot muassasalariga kelib, vaqt va mablag‘ sarflashining oldi olinadi.
Endi imtiyozli toifaga kiruvchi bemor elektron axborot tizimi orqali navbatga qo‘yilib, shakllantirilgan yo‘llanmalar asosida o‘z viloyatida yoki yaqin hududda joylashgan va Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan tibbiyot muassasasida bepul, yuqori texnologik tibbiy yordam oladi.