Xastalik tufayli tushakka mixlanib qolganlarni poytaxtga olib kelish oson emas.
Endi murakkab jarrohlik amaliyotlarini toshkentda yoki xorijiy davlatlarga borib o‘tkazishga hojat qolmadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan «Salomatlik kunlari» aksiyasi doirasida Jizzax viloyatida ana shunday jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi. Eng muhimi, ushbu jarrohlik amaliyotlari uchun ajratiladigan mablag‘lar manbasi ham aniq. Ya’ni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
«Bu bemorlar yonidan bir so‘m ham sarflamaydi. Shu maqsadda Davlat tibbiy sug‘urtasi Jizzax viloyatidagi bir qator tibbiyot muassasalari bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra bajarilgan ishlar baholanib, so‘ngra belgilangan mablag‘ tegishli tibbiyot muassasalariga o‘tkazib beriladi», dedi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori F. Sharipov «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» ko‘rsatuvida bergan intervyusida.