Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

21-24-fevral kunlari Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini amalga oshirishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtadi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 21-24-fevral kunlari Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini amalga oshirishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtadi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 21-24-fevral kunlari Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini amalga oshirishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtadi

            Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (DTSJ), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlari va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari oʻrtasida Sirdaryo tajriba loyihasinini muhokamasiga bagʻishlangan onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi.
           

           Unda JSST ekspertlarining joriy yilning 21-24 fevral kunlari Sirdaryo viloyatiga tashrifi va viloyatda sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishitirish masalasi keng muhokama qilindi.

         – Oʻzbekistonga tashrif davomida davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, sogʻliqni saqlash tashkiloti va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sohasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilsa mamnun boʻlardik, – deydi JSSTning birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish boʻyicha Olmaota ofisi eksperti Xose SEREZO.–Guliston shahri, Yangiyer va Boyovut tumanlarida boʻlib, oilaviy poliklinikalar, statsionarlarni faoliyatini oʻrganish va mahallalarda uchrashuvlar oʻtkazish istagidamiz.
         

          Onlayn yigʻilishda 21-24-fevral kunlari boʻlib oʻtadigan Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishiga bagʻishlangan uchrashuvda bu takliflarni inobatga olishga kelishib olindi.