Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Tibbiyot xodimlari aholiga yaqinlashib bormoqda.

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tibbiyot xodimlari aholiga yaqinlashib bormoqda.
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tibbiyot xodimlari aholiga yaqinlashib bormoqda.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari yaqinda Sirdaryo viloyatida boʼlib, tajriba-sinov tariqasida joriy etilayotgan davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari bilan yaqindan tanishdi.
JSSTning Qozogʼistondagi vakolatxona vakili Аrnoldas Yurgutis ulardan biri.

Ekspert tashrifi davomida amalga oshirilayotgan ishlar koʼlamidan quvonganini bildirar ekan, fikrlarini shunday izohladi:
«Qariyb oʼttiz yil davomida chekka hududda ishlagan oila shifokori sifatida Sirdaryo viloyatida erishilgan natijalardan mamnun boʼldim. Kichik misol aytishim mumkin. Biz tibbiyot muassasalarida boʼlganimizda amaliyot va patronaj hamshiralari bilan muloqotda boʼldik. Birgalikda bemorlarning kasallik tarixi yozilgan qaydnomalarni oʼrgandik.

Kuzatuvlarimizdan birida 50 yoshlardagi erkakning murojaati bilan bogʼliq hodisaga duch keldik. Uning qon bosimi yuqori boʼlishiga qaramay, oʼz vaqtida koʼrsatilgan tez yordam tufayli nohush oqibatning oldi olindi.

Bunda eʼtirof etiladigan jihati shundaki, bemor patronaj hamshiralarga 5 marotaba uchrashib, ularning tavsiyalariga amal qilgan. Demak, tibbiyot xodimlari aholiga ancha yaqinlashib bormoqda.
Shu kichik misoldan ham bilish mumkin-ki, davlat tibbiy sugʼurtasi jarayonida Sirdaryo viloyatida birinchi tibbiy sanitar yordam ancha yaxshilangan.

Davlatingiz rahbarining bu bordagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanayotganiga ishonch hosil qildik. Аlbatta, yangi modelni, islohotni tezlik bilan qisqa fursatda amalga oshirish oson emas. Аmmo, tibbiy birgadalar yaʼni oila shifokori, doya, amaliyot va patronaj hamshiralar har bir fuqaro bilan ishlashda muayyan natijalarga erishmoqda.

Toʼgʼri, hali hal qilish kerak boʼlgan masalalar ham yoʼq emas. Аmmo. Sinov jarayonlari bosqichma-bosqich tatbiq etilishi jarayonida bu muammolar oʼz yechimini topadi, deb umid qilamiz».