Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sug‘urtasi — aholi uchun mutlaqo bepul

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi — aholi uchun mutlaqo bepul
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sug‘urtasi — aholi uchun mutlaqo bepul

Aprel-may oylaridan boshlab nodavlat tibbiyot muassasalari bilan ham shartnoma tuziladi

Bu haqda AOKAda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi axborot xizmati rahbari Sayyora Shoyeva ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash tizimining yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari Sirdaryoda viloyatida tajriba sinov tariqasida joriy etilmoqda.

Sug‘urtalash tizimida har bir fuqaroning salomatligi davlat hisobidan sug‘urtalanmoqda. Bunda aholi pul to‘lamaydi va davlat tibbiy xizmatni bepul kafolatlaydi, ya’ni tibbiy xizmat xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

Davlat tibbiy sug‘urtasining eng asosiy talablaridan biri – o‘z hududidagi oilaviy shifoxonaga biriktirilgan bo‘lishi kerak. Fuqaro oilaviy shifoxona eshigidan kirishi bilan uni ro‘yxatga olish, shifokorga kirishi, tahlillardan o‘tishi nazoratga olinadi. Kafolatlangan tibbiy xizmatlar tekin amalga oshiriladi.