Tibbiyotdagi islohotlar natijasida bemorlarga poytaxtda yoki xorijda emas, Fargʻonada ham yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilmoqda.
Bunda esa davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining alohida oʻrni bor! Ayni vaqtda Fargʻona viloyatidagi toʻrtta tibbiyot muassasasi bilan shartnoma tuzilgan boʻlib, shu yilning oʻtgan davrida 40 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
Fargʻona viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi ulardan biri.